Линклар

logo-print
O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin katta dubul'ga turkumiga kiruvchi "US Open" tennis turnirini g'alaba bilan boshladi.

Seshanba kuni o'tgan birinchi tur uchrashuvida Istomin ATP jahon reytingida 15-o'rinda bo'lgan ispaniyalik tennischi Nikolas Almagroni to'rt setda - 6-3, 6-1, 4-6 va 6-3 hisobida mag'lub etdi.

Bir soatu 54 daqiqa davom etgan o'yinda o'zbekistonlik tennischi 11 marta eys zarbasini ijro etishga muvaffaq bo'ldi.

26 yoshli Istomin ikkinchi bosqichda ATP reytingida 89-o'rinda bo'lgan germaniyalik tennischi Tobias Kambe bilan bellashadi.

Denis Istomin ayni damda Professional tennischilar uyushmasi (ATP) reytingining 65-pog'onasidan joy olgan.
XS
SM
MD
LG