Линклар

Putinni ayollar ich kiyimida tasvirlagan rassom Rossiyadan qochdi


Konstantin Altuninning Peterburgdagi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlardan biri.

Konstantin Altuninning Peterburgdagi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlardan biri.

Sankt-Peterburgdagi muzeylardan birida mahalliy politsiya Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedevning ayollar ich kiyimida tasvirlangan suratini musodara qildi.

Shuningdek, ko‘rgazmadan rus pravoslav cherkovi rahbarining tatuirovkalangan yalang‘och badani aks ettirilgan surat ham olib tashlandi.

So‘nggi ma‘lumotlarga qaraganda, suratlar muallifi bo‘lgan rassom Konstantin Altunin politsiya o‘ziga nisbatan ekstremizm moddasi bilan jinoyat ishi ochishini eshitgach Rossiyani tark etgan va Frantsiyadan siyosiy boshpana so‘ramoqchi.

Mazkur ko‘rgazma 15 avgustda ochilgan edi. Politsiya reydidan so‘ng ko‘rgazma yopiq qolmoqda.
XS
SM
MD
LG