Линклар

Futbol: "Barsa" Superkubok g'olibi, "Shaxtyor" Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqmadi


"Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi.

"Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi.

Kataloniyaning "Barselona" futbol klubi chorshanba kuni o'z uyida Madridning "Atletiko" jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi va ikki o'yin natijasiga ko'ra Ispaniya Superkubogi g'olibiga aylandi.

28 avgust kuni "Kamp Nou"da o'tgan ushrashuvda ikkala jamoada ham hisobni ochish uchun juda ko'p qulay vaziyatlar bo'ldi. Xususan, o'yinning 89-daqiqasida "Barsa"ning nomdor hujumchisi Lionel Messi penaltidan foydalana olmadi.

Madridliklar o'yinning so'nggi 10 daqiqasida kamchilik bo'lib o'ynagani ham - 81-daqiqada himoyachi Filippe Luis qizil kartochka oldi - "Barsa"ga foyda keltirmadi.

O'yin 0:0 hisobi bilan yakunladi.



Bunday hisob mezbon jamoaga Superkubokni qo'lga kirtish uchun yetarli edi. Sababi 21 avgust kuni "Atletiko Madrid" jamoasi maydonida o'tgan dastlabki o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

"Barselona" jamoasi mehmonda kiritgan goli hisobiga Ispaniya Superkubogi g'olibiga aylandi.

***

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda kiritilga gol Qozog'istonning "Shaxtyor" jamoasini Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish imkoniyatidan mosuvo qildi.

28 avgust kuni Shotlandiyaning Glazgo shahrida mahalliy "Seltik" jamoasiga qarshi o'tgan o'yin "Shaxtyor"ning yirik 3:0 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.


Gollarga Kros Kommons (45), Georgios Samaras (48) va Frazer Forrestlar (90+2) mualliflik qilishdi.

Eslatamiz, 20 avgust kuni Ostona shahrida o'tgan dastlabki uchrashuvda qozog'istonlik jamoas "Seltik"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Agar Shotlandiyadan qoniqarli natija bilan qaytganida, "Shaxtyor" Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashadigan ilk qozoq jamoasiga aylangan bo'lad edi.

Chempionlar ligasiga chiqa olmagan qozog'istonlik jamoa endi Yevropa Ligasi (sobiq UYeFA kubogi) bellashuvlarida qatnashadi.
XS
SM
MD
LG