Линклар

Ko'plab o'zbekistonlik muhojirlarning uzog'ini yaqin qilgan Skype dasturi bugun 10 yoshga toldi.

VoIP (Internet orqali ovoz yuborish protokoli) texnologiyasi asosida ishlovchi Skype dasturi 2013 yilning avgustida shvetsiyalik Nikolas Zennstrem va daniyalik Yanus Friis tarafidan ishga tushirilgan edi.

Skype 2005 yilda eBay shirkatida qariyb 2,5 milliard AQSh dollariga sotilgan edi. Oradan olti yil o'tib esa Microsoft kompaniyasi Skype'ni misli ko'rilmagan narxda - 8,5 milliard dollarga sotib oladi.

Ayni damda 300 milliondan ziyod faol foydalanuvchiga ega Skype xizmati nafaqat kompyuterlar, planshetlar va smartfonlar o'rtasida ovozli va video qo'ng'iroqlar xizmati, balki telefon raqamlariga bog'lanish, SMS yuborish kabi xizmatlarni ham ko'rsatmoqda.

Chet davlatlarda ishlayotgan ko'plab o'zbek muhojirlari ham bugungi kunda o'z yaqinlari bilan bog'lanish uchun aynan Skype xizmatlaridan foydalanadi.

Skype xizmati o'zbekistonlik oddiy internet foydalanuvchilari orasida shu qadar ommalashib ketdi-ki, u o'zbek tilida mustahkam o'rin oldi. Bugungi kunda "keling skype'lashaylik" taklifi bilan hech kimni hayron qoldirmaysiz.

Mobil internet va mobil apparatlarning ommalashib borishi Skype'ning yanda ommalashishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Joriy yilning iyul oyida dasturning Android tizimiga yuklab olishlar soni 100 millionga yetdi.

Hozirda Skype foydalanuvchilari bir kunda o'rtacha ikki milliard daqiqa qo'ng'iroqlar amalga oshirishadi.

Aziz mushtariy, siz ham Skype dasturidan foydalanasizmi?
XS
SM
MD
LG