Линклар

O'zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ilk bor nufuzli "US Open" turnirining to'rtinchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. To'rtinchi uchrashuvda Istomin ATP jahon reytingida uchinchi o'rinda bo'lgan britaniyalik Endi Marrey bilan bellashadi.

1 sentyabr kini o'tgan uchinchi bosqich bellashuvida ATP jahon reytingida 65-pog'onani egallagan Istomin ushbu reytingda 23-o'rinda bo'lgan italiyalik tennischi Andreas Seppini 5 set davom etgan o'yinda mag'lub eta oldi.

Dastlabki ikki set o'zbekistonlik tennischi foydasiga yakunlangan bo'lsa, keyingi ikki setda italiyalik tennischining qo'li baland keldi. Hal qiluvchi setda esa hamyurtimiz italiyalik raqibini osonlik bilan yenga oldi. Umumiy hisob - 3:6, 4:6, 6:2, 6:3 va 1:6.



Bundan avval Istomin Seppiga qarshi olti bor kortga tushib, uni faqat bir marotaba, 2012 yilgi Uimbldon turinirida mag'lub eta olgan edi. Qolgan uchrashuvlarda Seppining raketkasi baland kelgan.

"US Open" turnirining kuchli 16 nafar tennischilari qatoriga kira olgan 26 yoshli Denis Istomin kuchli sakkizlikka kirish uchun to'rtinchi bosqichda dunyoning eng kuchli tennischilaridan biri, "US Open"ning amaldagi chempioni Endi Marreyga qarshi bellashadi.

Istomin bungacha Marrey bilan faqat bir marotaba - joriy yilning dekabr oyida Avstraliyaning Brizben shahrida o'tgan xalqaro turnirda kuch sinashgan edi. Ikki set davom etgan o'yinda Marrey g'alaba qozongandi (6:4, 7:6).

Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining umumiy mukofot fondi 34 million AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG