Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:24

O‘zbekistonlik ayol Dubay prokuraturasini portlatmoqchi bo‘ldi


Dubay shahri markazi
Dubay shahri markazi
Dubayda o‘zbekistonlik ayol Bosh prokuratura binosini portlatib yuborish bilan tahdid qildi.

Associated Press agentligining xabar qilishicha, bu tahdiddan keyin binodagi xodimlar evakuatsiya qilingan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 6 yoshli bolasini yetaklagan ayol binoga kirib, Dubay hokimi shayx Muhammad bin Rashid al-Maqtum bilan uchrashtirishni so‘ragan, aks holda, belidagi portlovchi modda bilan to‘la kamarni portlatib yuborishini aytgan.

Politsiyaga ko‘ra, rus tilida so‘zlagan ayol yonidagi bolaning otasi Birlashgan Arab Amirligi fuqarosi ekanini, uning o‘z farzandini tan olishini talab qilayotganini aytib, bu borada Dubay rasmiylaridan yordam so‘ragan.

Politsiya xodimlari olib borgan 13 soatlik so'zlashuvlardan so'ng o'zbekistonlik ayol taslim bo'lishga rozi bo'lgan. O'zini politsiya qo'liga topshirgan ayol belidagi kamarda portlovchi modda bo'lmagani aniqlagani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG