Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:50

Turkmaniston prezidenti "qudratli" amaldorlarni ishdan bo‘shatdi


Turkmaniston Prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov
Turkmaniston Prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov
Turkmaniston Prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov mamlakat Bosh prokurorini lavozimidan bo‘shatdi.

Yakshanba kuni Berdimuhammedov mamlakat Bosh prokurori Yaranbirat Yazmiradov “intizomni buzgani” va “qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ygani” uchun ishdan bo‘shatilganini e‘lon qildi.

Turkmaniston prezidenti shu kungacha Oliy sud raisi bo‘lib ishlagan Amanmirat Halliyevni Bosh prokuror etib tayinladi.

Bundan tashqari, Berdimuhammedov Milliy xavfsizlik vazirining Ashxobod bo‘yicha mas‘ul o‘rinbosarini “ishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun” lavozimidan bo‘shatdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ham lavozimidan mosuvo bo‘ldi.

25 avgust kuni televideniye orqali ko‘rsatilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida prezident harbiylar va kuch ishlatish salohiyatiga ega tizimlar faoliyatini yaxshilash kerakligi haqida gapirganidan keyin yuqori lavozimli amaldorlar ishdan olindi.
XS
SM
MD
LG