Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:46

Germaniyada 92 yoshli "SS"chi fashist sud qilinmoqda


Zirt Bryuns
Zirt Bryuns
Germaniyaning Xagen shahri sudi “Vaffen SS” harbiy tuzilmasining 92 yoshli sobiq askari Zirt Bryunsga nisbatan 1944 yilda Hollandiya qarshilik harakati a‘zosi Albert Klaasa Diykemni o‘ldirgani ayblovi yuzasidan mahkama jarayonini boshladi.

Dushanba kuni boshlangan sud jarayonida Zirt Bryuns ayblov yuzasidan javob berishdan bosh tortdi.

Bryuns mazkur ayblov bo‘yicha Hollandiya sudi tomonidan 1949 yilda sirtdan sudlangan edi. Biroq u Germaniya fuqarosi bo‘lgani uchun nemis tomoni uni Hollandiyaga berishdan bosh tortgan.

Bryuns Germaniya sudi tomonidan 1945 yilda aka-uka yahudiylarni o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 1980 yilgacha qamoqda o‘tirgan edi.
XS
SM
MD
LG