Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:22

O‘zbekiston-Iordaniya o‘yini uchun eng arzon bilet 20 ming so‘m bo‘ladi


O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining bildirishicha, 5 sentyabrdan boshlab "Paxtakor" stadionida o'tadigan O‘zbekiston va Iordaniya futbol milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yin uchun biletlar sotuvga chiqariladi.

Mazkur o‘yin 2014 yilda bo‘ladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun pley-off saralash bosqichi doirasida o‘tkaziladi.

Biletlar to‘rt toifaga bo‘lingan va narhi 20 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha.

O‘zbekiston va Iordaniya futbol terma jamoalari 6 sentyabrda Iordanipya poytaxti Ammonda, 10 sentyabrda esa Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida uchrashadilar.

O'zbekistonlik futbol muhlislari Toshkentda o'tadigan o'yin chiptalarini "qora bozorga", ya'ni olib-sotarlar qo'liga chiqib ketishidan xavotir bildirishmoqda.

Eslatamiz, agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Janubiy amerikalik jamoaga qarshi bahslar 15 va 19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Osiyo qit‘asida bo‘lsa, javob o‘yini Janubiy Amerikada o‘tkaziladi.

Agar, u o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG