Линклар

Tennis: Denis Istomin Endi Marreyga qarshi kortga tushadi


Denis Istomin Londonda o'tgan Olimpiada o'yinlarida. 1 avgust 2012 yil, London.

Denis Istomin Londonda o'tgan Olimpiada o'yinlarida. 1 avgust 2012 yil, London.

Bugun, 3 sentabr kuni o'zbekistonlik tennischi Denis Istomin "US Open" xalqaro turnirining to'rtinchi bosqichida amaldagi chempion Endi Marreyga qarshi kortga tushadi.

O'z karyerasida ilk bor "US Open"ning to'rtinchi bosqichigacha borgan Istomin uchinchi davra bellashuvida ATP jahon reytingida 23-o'rinda bo'lgan italiyalik tennischi Andreas Seppini 5 set davom etgan o'yinda mag'lub etgan edi.

Ayni damda dunyoning uchinchi raketkasi hisoblangan britaniyalik Endi Marrey ATP reytingida 65-o'rinda bo'lgan o'zbekisotnlik raqibiga qarshi o'yin oson kechmasligini aytib o'tdi.

- U [Istomin] texnika tarafidan juda yaxshi tayyorlangan. O'zi ham yaxshi o'yinchi. To'pni juda past oshiradi. Monrealda Novakka [Jokovich] qarshi yaxshi o'yin ko'rsatgan edi. Bu hafta ham bir nechta yaxshi g'alabaga erisha oldi, - deya Marreydan iqtibos keltiradi Sports.co.uk nashri.

Istomin bungacha Marrey bilan faqat bir marotaba - joriy yilning dekabr oyida Avstraliyaning Brizben shahrida o'tgan xalqaro turnirda kuch sinashgan. Ikki set davom etgan mazkur uchrashuv Marrey g'alabasi bilan yakunlangan edi (6:4, 7:6).

26 yoshli O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istominga uning onasi Kaludiya Istomina murabbiylik qiladi. Shu sabab qator G'arb nashrlari Istominni "onasining bolasi" deya atashadi.

Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining umumiy mukofot fondi 34 million AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG