Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:30

Microsoft shirkati Nokia'ning mobil biznesini sotib olmoqda


Kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi Microsoft shirkati Nokia kompaniyasining so'nggi yillarda bozordagi pozitsiyasini yo'qotayotgan mobil telefonlar biznesini sotib olmoqda.

Xarbarlarga ko'ra, Microsoft bir vaqtlar mobil bozorda yetakchilik qilgan Nokia biznesi uchun 7 milliard AQSh dollari atrofida pul to'lashga tayyor. Shirkat taxminan 2,17 milliad dollarni patentlar uchun to'laydi, qolgan pul esa mobil biznesni sotib olishga ishlatiladi.

Savdo kelasi yilning birinchi choragida to'liq yakunlanishi kutlmoqda.

Mobil biznes bilan birga Microsoft'ga Nokia'ning bosh direktori Stiven Elop ham o'tmoqda. Unga Microsot'da vitse-prezidentlik kursisi va mobil qurilmalarni rivojlantirish bo'limini boshqarish taklif etilgan.

Nokia bosh direktori Stiven Elop (chapda) Microsoft bosh direktori Stiv Balmer bilan birga.
Nokia bosh direktori Stiven Elop (chapda) Microsoft bosh direktori Stiv Balmer bilan birga.
Shirkat bosh direktori bilan birga Microsot'ga Nokia'ning yana 32 ming nafar ishchisi ham o'tishi aytilmoqda.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Microsoft Nokia shirkatini sotib olish orqali Samsung va Apple kopaniyalari hukmron bo'lgan mobil bozorida ham o'z pozitsiyasini kuchaytirmoqchi.

Finlyandiyada asos solingan Nokia shirkati 1998 yildan 2012 yilgacha mobil telefonlar sotuvchi dunyodagi eng yirik shirkat bo'lib kelgan. Biroq so'nggi 4-5 yil davomida, "touchscreen" ekranli telefonlarning bozorga chiqishi bilan, Nokia apparatlariga bo'lgan talabning borgan sari pasayayotgani kuzatilmoqda.

Nokia'ning Microsoft'ga sotilayotgani haqidagi xabardan so'ng fin shirkati aksiyalarining narxi rekord darajada - qariyb 47 foizga yuqorilab ketdi. Ayni damda Nokia'ning kapitallashuv darajasi 16 milliard AQSh dollariga tengdir.
XS
SM
MD
LG