Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:27

Tennis: Istomin dunyoning uchinchi raketkasi Marreyga mag'lub bo'ldi


Denis Istomin
Denis Istomin
O'zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin AQShda o'tayotgan "US Open" xalqaro turnirining to'rtinchi davrasida dunyoning uchinchi raketkasi Endi Marreyga mag'lub bo'ldi.

Seshanba kuni o'tgan uchrashuv to'rt set davom etdi va 6:7, 6:1, 6:4, 6:4 hisobida mazkur turnirning amaldagi chempioni bo'lgan britaniyalik tennischi foydasiga yakunlandi.

Eslatamiz, ATP jahon reytingida 65-o'rinda bo'lgan Istomin katta dubulg'a turkumiga kiruvchi "US Open" xalqaro turnirining to'rtinchi bosqichiga, ya'ni kuchli 16 nafar tennischilari qatoriga ilk bor ko'tarilgan edi.

Beshinchi davraga yo'llanma olgan Endi Marrey shveysariyalik tennischi, ATP jahon reytingida 23-pog'onada bo'lgan Stanislav Vavinka bilan bellashadi.
XS
SM
MD
LG