Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:43

Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyi ham tintilgani aytilmoqda


O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova.
O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova.
Shveytsariya prokuraturasi Jenevada O‘zbekiston fuqarolariga qarashli uylarda tintuv o‘tkazgani aytilmoqda. BiBiSi tintuv o‘tkazilgan uylardan biri O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova villasi ekanini aytmoqda.

Shveytsariya prokuraturasi avgust oyi oxirida Jenevada O‘zbekiston fuqarolariga qarashli uylarda tintuv o‘tkazgani aytilmoqda.

Bu haqda BiBiSi o‘zbek xizmati Shveytsariya Bosh prokuraturasiga tayanib xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha tintuv Jenevada to‘rt manzil bo‘yicha joylashgan uylarda, avgust oyining so‘nggi kunlarida o‘tkazilgan.

Shveytsariya tergovchilari tintilgan uylar kimga tegishli ekanini ochiqlamagan, lekin bu jarayon prokuratura tergov qilayotgan O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosiga oid jinoyat ishining bir qismi ekanini tasdiqlagan.

Ayni paytda, BiBiSi o‘z manbalariga tayangan holda, o‘tgan oy oxirlarida tintuv o‘tkazilgan uylardan biri O‘zbekiston prezidentining to‘g‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan Jenevadagi villadir, deya yozmoqda.

Shu yilning iyun oyida bu ish doirasida Shveytsariya va Frantsiya huquq-tartibot idoralari Gulnora Karimovaning Frantsiyadagi uylarida tintuv o‘tkazib, ularni muhrlab qo‘ygan edi.

Ma‘lum bo‘lishicha, frantsuz politsiyasi Gulnora Karimovaning Parijdagi hashamatli kvartirasi, Sen Trope kurort shahridagi villasi hamda Versal shaharchasidagi qasrini bosgan.

Shveytsariya prokuraturasi o‘tgan yilning iyul oyidan beri O‘zbekistonning to‘rt fuqarosini katta miqdorda pul yuvganlikda ayblab, tergov olib bormoqda.

Bu ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida o‘tayotgan Alisher Ergashev, Shoxrux Sobirov, Gayane Avakyan va Behzod Ahmedovlar O‘zbekiston prezidentining qiziga yaqin shaxslar sifatida ko‘rilmoqda.

Ayni paytda, Shvetsiya prokuraturasi TeliaSonera telekom shirkati O‘zbekistonga kirish uchun Gulnora Karimovaga yaqin shaxslarga jami 320 million AQSh dollari miqdorida pora berganiga oid jinoiy ish ham Shveytsariyada tergov qilinayotgan jinoyatga bevosita bog‘liqdir. Shvetsiyadagi tergovda ham Alisher Ergashev, Gayane Avakyan va Behzod Ahmedov gumonlanuvchi siftaida o‘tayotgani ma‘lum.

Iyun oyi boshida Shvetsiyadagi ishda to‘rtinchi gumonlanuvchi paydo bo‘ldi.

Ozodlik va Shvetsiya jamoatchilik televideniyesi o‘tkazgan jurnalistik surishtiruv ortidan prokuratura Stokholm sudiga kiritgan arizadan to‘rtinchi gumonlanuvchi Gulnora Karimova ehtimoli borligini anglash mumkin.

Ozodlik tasarrufidagi hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning Parij va Frantsiya janubidagi mashhur Sen Trope kurort shahrida bir nechta ko‘chmas mulki bor. Shuningdek, bu hujjatlarga ko‘ra, Gulnora Karimovaning jazmani, ba‘zi manbalarga ko‘ra, eri ekani aytiladigan sobiq pop-qo‘shiqchi Rustam Madumarov nomiga Parij yaqinidagi Versalь shaharchasida qasr rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari bu hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining qizi Shveytsariya, Rossiya, Hong Kong va boshqa mamlakatlarda ko‘chmas mulkka egalik qiladi.
XS
SM
MD
LG