Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:47

O‘zbekiston qanday pilotsiz uchoqlarni sinab ko‘rdi?


O‘zbekiston uchuvchisiz boshqariladigan uchqichlarga ega ekani borasida dastlabki xabarlar o‘tgan yil fevral oyida, O‘zbekistonniki, deb aytilgan pilotsiz samolyot Qozog‘iston chegarasini buzgani bilan bog‘liq intsidentdan keyin matbuot sahifalariga chiqqan edi.
O‘zbekiston uchuvchisiz boshqariladigan uchqichlarga ega ekani borasida dastlabki xabarlar o‘tgan yil fevral oyida, O‘zbekistonniki, deb aytilgan pilotsiz samolyot Qozog‘iston chegarasini buzgani bilan bog‘liq intsidentdan keyin matbuot sahifalariga chiqqan edi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 22 avgust kuni Qamchiq dovonida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlari doirasida uchuvchisiz boshqariladigan uchoqning imkoniyatlari sinab ko‘rilgani haqida xabar berdi.

O‘zbekiston Favqulodda vazirligi rasmiy veb sahifasida bildirilishicha, uchuvchisiz uchoq o‘tgan oy Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida aholi va transport vositalarining xavfsiz, barqaror harakatlanishini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar paytida sinab ko‘rilgan.

“O‘quv mashqlari davomida jarayonni yuqoridan kuzatish, tezkor ma‘lumotlar almashish, tahlil qilish va o‘zaro aloqa o‘rnatish bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar bajarildi, uchuvchisiz boshqariladigan uchoq imkonlari sinovdan o‘tkazildi”,- deyiladi FVV matbuot xabarnomasida.

Ammo, Qamchiqda aynan qanday uchuvchi moslama sinab ko‘rilgani, uning qayerda ishlab chiqarilgani va nimalarga qodirligi borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiylari Ozodlikka to‘liq ma‘lumot berishmadi.

- Tepadan turib nazorat qilish uchun bu. Lekin, o‘yinchoq emas, haqiqiy,- deya gapni qisqa qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot hizmati xodimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekiston pilotsiz boshqariladigan uchqichlarga ega ekani borasida dastlabki xabarlar o‘tgan yilning fevral oyida, O‘zbekistonga qarashli, deb aytilgan pilotsiz samolyot Qozog‘iston chegarasini buzgani bilan bog‘liq intsidentdan keyin matbuot sahifalariga chiqqan edi.

O‘shanda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Ilyos Umarov Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonning pilotsiz samolyoti Qozog‘iston g‘arbiy chegarasini kesib o‘tgani, mamlakat g‘arbidagi Beyneu posyolkasi uzra past balandlikda 15 daqiqa parvoz qilib, O‘zbekiston hududiga qaytib g‘oyib bo‘lgani haqdagi xabarlarni tasdiqlagan edi.

Lekin, O‘zbekiston qanday pilotsiz uchqichlarga egaligi hamon mavhum bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan yili AQSh hukumati O‘zbekistonga uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar yetkazib berishni va uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlariga baza ochishni rejalayotgani haqda xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Aviatsiya sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan amerikalik tahlilchi Stefen Trimbl ham Ozodlikka o‘tgan yili bergan intervyusida O‘zbekiston bisotidagi pilotsiz uchqichlar AQShning Predator yoki Reaper (MQ-9) uchqichlari emasligi aniq, deya fikr bildirgan edi.

- Agar Qozog‘iston chegarasini buzgani aytilayotgan uchqich haqiqatan ham O‘zbekistonniki deb ishoniladigan bo‘lsa, u AQShniki emasligi aniq. U juda kichkina, ko‘proq o‘yinchoq ko‘rinishida. Lekin, Xitoyning Pterodactyl/Wing Loong uchqichiga o‘xshab ketadi ,- deb aytgan edi Trimbl Ozodlik bilan suhbatda.
XS
SM
MD
LG