Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:33

AQSh: 1000 yilga qamalgan Ariyel Kastro o'z joniga qasd qildi


Ariyel Kastro
Ariyel Kastro
AQShda uch ayolni o‘g‘irlab, o‘n yildan ortiq tutqunlikda saqlagani va zo‘rlagani uchun umrbod va yana 1000 yilga qamalgan Ariyel Kastro qamoqxonada o'z joniga qasd qildi.

Kamerasida o'zini osgan Kastroni turma shifokorlari qutqarishga harakat qilishgan, biroq ularnining urinishlari samara bermagan.

Alohida kamerada saqlangan Kastroning o'z joniga qasd qilishiga nimalar turtki bo'lgani hozircha aniq emas.

Eslatamiz, 53 yoshli Ariyel Kastro AQShning Ohayo shtatida uch ayolni o‘g‘irlab, o‘z uyida o‘n yildan ortiq tutqunlikda saqlagani va zo‘rlagani uchun avgust oyi boshida umrbod va yana 1000 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Kastro 937 ta ayblov, jumladan, qotillik, odam o‘g‘irlash, zo‘rlash, tajovuz qilish va boshqa jinoyatlar sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Ohayo prokurorlari homilador ayolni kaltaklagan va homilasi tushib qolguncha ayolni ochlikda saqlagan Kastroga o‘lim jazosi berilishini so‘ramagan edi.

Mahkamada davomida o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan Kastro o‘zini prokurorlar tasvirlaganidek “monster” emas balki "xasta” deya ta‘riflagan.

Kastro qo‘lbola signalizatsiya o‘rnatish va yotoqxona ichida ayollarni zanjir bilan bog‘lab qo‘yish orqali o‘z uyini qamoqxonaga aylantirgan.
XS
SM
MD
LG