Линклар

Google shirkatining mobil uskunalarga mo'ljallangan Android operatsion tizimining yangi -- 4.4 versiyasi ko'pchilikka tanish qandolat mahsuloti sharafiga KitKat deb ataladi.

Bu haqda shirkatning Android bo'limi yetakchisi Sundar Pichai o'zining Twitter sahifasi orqali ma'lum qildi.

Shu bilan birga, Pichai aktivatsiya etilgan Andoird operatsion tizimlarining soni bir milliarddan oshganini ham e'lon qildi.


- Hozirda Android aktivatsiyalarining soni 1 milliarddan oshdi va umid qilamizki, bino qarshisidagi ushbu yigitcha bu intilishni davom ettiradi, - deya yozadi Pichai Twitter sahifasida.

Pichai yuklagan suratda esa Google kampusi qarshisida o'rnatilgan haykal - Nestle kompaniyasining KitKat shokoladi shaklida yasalgan Android ramzi aks etgan.

Bungacha qator texnobloglar Andoird'ning 4.4 versiyasi Key Lime Pie (laym pirogi) deb nomlanishi haqidagi taxminlarni ilgari surishayotgan edi.

Google kompaniyasi Android versiyalarini shirinlik nomi bilan atash an'anasiga soqid qolmoqda. Operatsion tizimining avvalgi versiyalari Cupcake (keks), Donut (shirin kulcha), Eclair (ekler), Froyo (kuzlatilgan yogurt), Gingerbread (zanjabilli pechenye), Honeycomb (asalli mumkatak), Ice Cread Sandwich (muzqaymoqli sendvich) va Jelly Bean (chaynaladigan loviya shaklidagi jile) deb nomalangan edi.

Xabarlarga ko'ra, Android'ning yangi versiyasi Google va Nestle o'rtasidagi tijoriy bitimga asosan KitKat nomi bilan atalgan. Ushbu bitim doirasida Nestle kompaniyasi qadog'iga Android ramzi tushirilgan shirinliklar chiqarishni rejalashtirgan.

Android operatsion tizimi bugungi kunda smartfon va planshetlarda ishlatilgan eng ommabop tizim hisoblanadi. 2013 yilning birinchi choragidagi ko'rsatkichlarga ko'ra, dunyodagi smartfonlarning 79,3 foizi Android asosida ishlaydi.

Aziz mushtariy, siz qaysi mobil operatsion tizimidan foydalanasiz?
XS
SM
MD
LG