Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:02

Useyn Bolt 2016 yili karyerasini yakunlaydi


Yamaykalik sprinter Useyn Bolt
Yamaykalik sprinter Useyn Bolt
Olti karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt 2016 yilgi Rio-de-Janeyroda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng o‘z karyerasini yakunlashini e‘lon qildi.

Yamaykalik sprinter chorshanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda 2016 yilgi Olimpiadada faqat oltin medallarni qo‘lga kiritmoqchi ekanini aytib o‘tdi.

27 yoshli Useyn Bolt sakkiz karra jahon chempioni hamda 100 va 200 metrga yugurish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi sohibidir.

U 2014 yilgi bellashuvlarda yangi jahon rekordini o‘rnatish niyatida.

Avgust oyida Moskvada o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida Useyn Bolt uch oltin medalni qo‘lga kiritdi.
XS
SM
MD
LG