Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:38

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi bugun Iordaniyaga jo‘nab ketadi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorshanba kuni Iordaniyaga safar qilish oldidan Toshkentda so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari 5 sentyabr kuni charter reys bilan Iordaniya poytaxti Amman shahriga jo‘nab ketadi.

U yerda O‘zbekiston terma jamoasi 6 sentyabr kuni 2014 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining pley-off bahslari doirasida Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Irodaniyadagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Javob uchrashuvi 10 sentyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Agar, Janubiy Amerika jamoasini ham mag‘lub eta olsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG