Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:22

Haj safariga otlangan o‘zbekistonlik ziyoratchilar soni qisqartiriladi


Bu yilgi Haj ziyoratiga boruvchi o‘zbekistonliklar soni Saudiya Arabistoni so‘roviga binoan qisqartirilmoqda.

Bu haqda Vazirlar mahkamasi qoshidagi Diniy ishlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib 12new.uz nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ziyoratchilar sonini qisqartirish talabi Makka shahridagi Haram masjidini kengaytirish va ziyoratchilar uchun yangi qulayliklar yaratish ishlari bilan bog‘liqdir.

Ayni damda o‘zbekistonlik ziyoratchilar soni necha foizga qisqartirilishi haqida aniq ma‘lumot berilmagan. 2013 yilgi Haj safariga 5 ming chog‘li o‘zbekistonlik ziyoratchi borishi aytilgan edi.

Diniy ishlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu yili qisqartirilgan ziyoratchilar 2014 yilgi mavsumda Haj ziyoratiga taklif etiladi.

Avvalroq Ozodlik radiosi Qozog‘istonga beriladigan Haj kvotasi bu yili 20 foizga qisqargani haqida xabar bergan edi.
XS
SM
MD
LG