Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:40

Sport-TVdagi tekshiruv "yuqoridan tinchitildi"


Sport-TVning internetdagi sahifasi
Sport-TVning internetdagi sahifasi
O‘zbekistonning Sport-TV telekanali bir guruh xodimlarining telekanal rahbariyati ustidan yozgan o‘nlab shikoyati ortidan boshlangan prokuratura va soliq xodimlari taftishi direktor o‘rinbosari Shodilla Muhammadjonovning ishdan olinishi bilan yakunlandi. Telekanal xodimlariga ko‘ra, garchi bir qancha iqtisodiy jinoyatlar aniqlangan bo‘lsa-da, bu ish bosti-bosti bo‘lgan va g‘ayriqonuniy qalam haqi olganlarning pullarni qaytarib berishi bilan ish yopilgan.

Joriy yilning mart oyi o‘rtalaridan boshlab prokuratura va soliq qo‘mitasi xodimlaridan iborat maxsus guruh O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi Sport-TV kanali rahbariyati faoliyatini tekshirishni boshlagan edi.

Tekshiruvning boshlanishiga bir guruh xodimlarning Sport-TVdagi poraxo‘rlik, mahalliychilik, guruhbozlik haqida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga, prezident devoniga yozgan shikoyat maktubi sabab bo‘lgan edi.

Ozodlikka Sport-TV muharrirlaridan birining, ismini ochiqlamaslik sharti bilan aytishicha, tekshiruv natijalaridan kanal jamoasi qoniqmagan:

- Sport telekanali direktorining o‘rinbosari Shodilla Muhammadjonovni silliqqina qilib pensiyaga kuzatishdi. Uning o‘rniga Sherzod Olimov degan yosh yigitni qo‘yishdi. Prokuratura ham, soliq ham juda ko‘p qonunbuzarliklarni aniqladi. Masalan, Shodilla Muhammadjonovning o‘zi o‘tgan yili Universiada ochilish va yopilish marosimlarida o‘zini stsenariy avtori deb ikki million so‘m pul yozib olgan. Aslida bunda faqat rejissyor va operatorlarga pul yoziladi. Bundan tashqari, g‘ayriqonuniy qalam haqi olganlardan 15-16 kishi pullarni qaytarib berdi. Shu bilan ish tinchidi qoldi. Juda yuqoridan “tinchitinglar” degan buyruq bo‘lgan ekan,- deydi muharrir.

Uning aytishicha, garchi bir talay qonunbuzarliklar aniqlangan bo‘lsa-da, Sport-TVda hech narsa o‘zgarmagan:

- Asosiy kamchilik o‘rta tabaqada o‘tirgan rahbarlarning layoqatsizligi. Ikkinchisi, soha bo‘yicha o‘qiganlar yo‘q. Bilasiz, redaktor bo‘lish uchun filologiya yoki jurnalistikani bitirgan bo‘lishi kerak. Yo‘q, mutaxassislar diplomiga qaralmaydi. Eng dahshatlisi agar MXX yoki prokuraturadan telefon qilishsa, meni kechirasizu, ko‘chadagi itni ham ishga olishadi. Aksariyat adabiy tilni bilmaydi, noldan ham past, sharmandali darajada. Saviyali xodimlar juda kam. Haqiqiy jurnalistlarga esa yo‘l yo‘q,- dedi Sport-TV telekanali muharrirlaridan biri.

Muharrirga ko‘ra, Sport-TVning bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Davlat Turdialiyev insulьt kasaliga chalinganligi sababli, ikki yarim oydan buyon ishga chiqmagan va ayni paytda telekanal direktorsiz faoliyat yuritmoqda.

Ozodlik Sport-TV bilan bog‘lanib, prokuratura olib borgan tekshiruvlar qanday natija bilan yakunlangani haqida ma‘lumot olmoqchi bo‘ldi, biroq telefon go‘shagini olgan mulozim savollarga javob berishdan bosh tortdi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Yoshlar" telekanalida ishlab kelgan jurnalistlar Saodat Omonova va Malohat Eshonqulovalarning televideniyedagi qonunbuzarliklarga qarshi kurashlari Ozodlikda yoritilgan.

2010 yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Malohat Eshonqulovaning “Yoshlar” telekanali rahbariyati ustidan yuqori tashkilotlarga yozgan arizasi yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan va kanaldagi ayrim kamchiliklarni qayd etgan edi.
XS
SM
MD
LG