Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:21

Samsung ilk "aqlli" soatni taqdim qildi


Galaxy Gear yordamida telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS qabul qilish, qo‘ng‘iroq qilish va rasmga olish mumkin.
Galaxy Gear yordamida telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS qabul qilish, qo‘ng‘iroq qilish va rasmga olish mumkin.
Samsung shirkati smartuotch rusumidagi qo‘l soatni taqdim qildi. Samsung shirkatiga ko‘ra, Galaxy Gear deb nomlangan “aqlli” soat egalariga qator qulayliklar yaratishi mumkin.

Jumladan, telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS xabarlarini soat displeyida o‘qish, telefonni cho‘ntakdan olmasdan soat yordamida qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradi. Bundan tashqari smartuotch yordamida rasmga olish ham mumkin.



Samsung o‘zining ilk smartuotch soatini Berlindagi savdo ko‘rgazmasida chorshanba kuni taqdim qildi.

Yaqin haftalar ichida Samsung shirkatining asosiy raqibi hisoblangan Apple kompaniyasining ham shunga o‘xshash soatni ochiqlashi kutilayotgan edi.

"Tishlangan olma" shirkati joriy yilning 3 iyunida Yaponiya Patentlar byurosiga "iWatch" ("watch" - ingliz tilidan "qo'l soati") savdo markasini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza topshirgani haqida xabar bergan edik.

Mutaxassislar smartuotch rusumidagi yangi texnologiya joriy yilda eng ommabop kashfiyot bo‘lishini bashorat qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG