Линклар

logo-print
O‘zbekiston Mustaqilligining 22 yillik bayrami¸ qolaversa Xitoy prezidentining Toshkentga tashrifiga hozirlik jarayonida Toshkentning markaziy ko‘chalarida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Toshkentni aeroport bilan bog‘laydigan Bobur ko‘chasi bo‘ylab o‘sib turgan archa daraxtlari tag-tugi bilan yulinib, o‘rniga yangi ko‘chatlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent markazida taksichilik qiladigan Bobomurod ismli suhbatdoshga ko‘ra, bu holat Xitoy rahbari Si Tszinpin tashrifi oldidan shoshilinch amalga oshirilmoqda.



Toshkent shimolidan markazga boradigan yo‘lovchilar 1 sentyabrdan boshlab qo‘shimcha bir necha kilometr yuradigan bo‘lishdi. Toshkentdagi o‘nlab ko‘chalar “davlat rahbarining xavfsizligi” degan tadbir doirasida yopib qo‘yilgani haydovchilarga mushkullik tug‘dirmoqda.

Bundan uch kun oldin haydovchilarni Xadra maydonidan Navoiy ko‘chasiga zudlik bilan eltgan yo‘l Mustaqillik bayrami arafasida ustiga tuproq qatlami solinib¸ daraxtzorga aylantirilgan edi.

Haydovchilar o‘zlari o‘rganib qolgan yaqin yo‘l bir kecha ichida archa va kashtan daraxtlari o‘sgan gulzorga aylanganidan hayron qolishdi.

XS
SM
MD
LG