Линклар

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Tokioni 2020 yilda Yozgi Olimpiada o‘yinlariga mezbon bo‘ladigan shahar sifatida tanladi.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining shanba kuni Argentinaning Buenos Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Olimpiada o‘yinlariga mezbon bo‘lish uchun Tokiodan tashqari Istanbul da‘vogar bo‘ldi.

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi final bosqichida Tokio 60ta, Istanbul shahri 36ta ovoz olganini e‘lon qildi.

Istanbul shahri Madridni mag‘lubiyatga uchratib final bosqichiga chiqqan edi.

Bu bilan Yaponiya poytaxti Olimpiada o‘yinlariga ikkinchi marta mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Tokio ilk bor Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 1964 yilda mezbon bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG