Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:21

Navalniy Moskva merligiga saylovning dastlabki natijalarini tan olmoqchi emas


Moskva merligiga nomzod Aleksey Navalniy o‘z raqibi Sergey Sobyaninning yakshanba kungi ovoz berish chog‘ida 50 foizdan ko‘p ovoz olganiga ishonmaydi.

Muxolifatchi saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilishini talab qildi, aks holda, o‘z tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirajagini aytdi.

Saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, 8 sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan saylovda Moskva meri vazifasini bajaruvchi Sergey Sobyanin 51 foizga yaqin, Navalniy esa taqriban 27 foiz ovoz olgan.

Navalniy shtabi vakillari avvalroq o‘zlari o‘tkazgan so‘rov natijalariga asoslangan holda, moskvalik saylovchilarning 46 foizi Sobyaninni, 35,6 foizi esa Navalniyni qo‘llayotgani haqida ma‘lum qilgandilar.

Mahalliy saylov qonunchiligiga ko‘ra, merlikka nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz jamg‘arolmasa, saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi lozim.

Moskvada kechagi ovoz berish chog‘ida saylovchilar davomati, ma‘lumotlarga ko‘ra, 26,5 foizni tashkil etgan.
XS
SM
MD
LG