Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:39

Kurash sporti Olimpiada dasturida qoladi


O'zbekiston sportchilarining mustaqillikdan beri Olimpiada o'yinlarida qo'lga kiritgan 6ta oltin medalining 3tasi kurashchi Artur Taymazov tarafidan qo'lga kiritilgan.
O'zbekiston sportchilarining mustaqillikdan beri Olimpiada o'yinlarida qo'lga kiritgan 6ta oltin medalining 3tasi kurashchi Artur Taymazov tarafidan qo'lga kiritilgan.
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo'lib o'tgan yig'inida sport kurashini (erkin va grek-rim kurashi) olimpiya sport turlari ro'yxatida qoldirish haqida qaror qabul qildi.

Qo'mita joriy yilning fevral oyida 2020 yilgi Olimpiya o'yinlari boshlang'ich ro'yxatidan o'rin olgan 25 sport turi qatoridan kurash sportini olib tashlash haqida qaror chiqargan edi.

Bu qaror sababi kurash sporti hozirda olimpiya o‘yinlari safiga kiritilishi so‘ralayotgan qo‘shimcha 7 sport turi bilan raqobatga dosh bera olmagani bilan izohlangandi.

Shundan so'ng Xalqaro Olimpiya qo'mitasi may oyida kurash sportini nomzod sport turlari qatorida qoldirish haqida qarorini qabul qildi.

Qo'mita a'zolari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada kurashga 49ta ovoz, beysbol/softbolga 24ta ovoz, skvoshga esa 22ta ovoz berildi.

Shunday qilib, Tokioda o'tadigan 2020 yilgi olimpiya o'yinlarida grek-rim va erkin kurash bellashuvlari ham o'rin oladigan bo'ldi.

Kurash O'zbekiston uchun Olimpiada o'yinlarida eng ko'p medal keltiradigan sport turidir. O'zbekiston sportchilarining mustaqillikdan beri Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan 21 ta medalining 7 tasi ham aynan kurashchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan.
Kurash sporti erkin kurash va grek-rim kurashlari tartibi asosida 1896 yilda Olimpiya o‘yinlari ro‘yxatiga kiritilgan.
XS
SM
MD
LG