Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:56

Bashar al-Assad Vashingtonni oqibatlardan ogohlantirdi


AQShning CBS telekanalida efirga berilgan intervyusida Suriya Prezidenti Bashar al-Assad Amerika harbiy hujumni boshlasa, buning uchun “haq to‘lashiga” to‘g‘ri keladi, deya ta‘kidladi.
AQShning CBS telekanalida efirga berilgan intervyusida Suriya Prezidenti Bashar al-Assad Amerika harbiy hujumni boshlasa, buning uchun “haq to‘lashiga” to‘g‘ri keladi, deya ta‘kidladi.
Suriya Prezidenti Bashar al-Assad Vashingtonga ogohlantiruv e‘lon qilib, Qo‘shma Shtatlar Suriyaga hujum qilgudek bo‘lsa, bunga javoban “har narsani kutishingiz mumkin”, deya bayonot berdi. Obama ma‘muriyati AQSh Kongressini Suriyada harbiy interventsiyani boshlash vakolatini berishga ko‘ndirishga urinmoqda. Rossiya esa Suriyaga harbiy hujum qilishning halokatli oqibatlaridan ogohlantirmoqda.

Dushanba kuni AQShning CBS telekanalida efirga berilgan intervьyusida Suriya Prezidenti Bashar al-Assad Amerika harbiy hujumni boshlasa, buning uchun “haq to‘lashiga” to‘g‘ri keladi, deya ta‘kidladi.

- Har narsani kutishingiz mumkin. Bu Suriya hukumati tarafidan bo‘lishi shart emas. Ya‘ni faqat hukumat tarafidan emas. Suriya hukumati mintaqadagi yagona o‘yinchi emas. Turli partiyalar, turli firqalar va turli mafkuralar bor, dedi Bashar al-Assad.

Assad o‘z hukumati tarafidan ko‘rsatiladigan qarshilkdan tashqari, harbiy amaliyot mintaqada “vaziyatni beqarorlashtirishi va terrorchilikning taqalishiga hissa qo‘shishi”dan ogohlantirdi.

Assad rejimi Eron tarafidan qo‘llab-quvvatalandi. Bundan tashqari Damashq Livanda joylashgan Hizbulloh shia jangari guruhining asosiy homiysi hisoblanadi.

Ingliz tilida bergan intervьyusida Assad “Eng yomon hodisalarni kutishimiz mumkin”, deya qo‘shimcha qildi.

Suriya prezidentining bu so‘zlari AQSh Prezidenti Barak Obama ma‘muriyati kongressni Suriya hukumatiga qarshi cheklangan harbiy hujumni uyushtirishga ruxsat berishga ko‘ndirish urinishlarini davom ettirayotgan paytda yangradi.

Vashington 21 avgust kuni Damashq yaqinida 1400dan ortiq odamni o‘ldirgan kimyoviy hujumda Suriya hukumatini ayblamoqda.

Lekin Assad dushanba kungi intervyusida bu ayblovlarni yana bir bor rad etdi.

Dushanba kuni Yevropaga safarini yakunlagan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Assadning raddiyasini “faktlar inkor qilmoqda”, deya ta‘kidladi.

Londonda Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Heyg bilan uchrashuvdan keyin qilgan chiqishida Kerri Suriya rejimini kimyoviy qurol ishlatgani uchun jazolash kerakligini yana bir bor ta‘kidladi.

- Bu vaziyatdan yuzimizni o‘girmasligimiz lozim. Bu vaziyatda harakat qilmaslik, harakat qilishdan ko‘ra tahlikaliroqdir, dedi Kerri.

Kerri shuningdek, Assad rejimi ixtiyoridagi kimyoviy qurollarning barchasini xalqaro hamjamiyatga topshirsa Suriyaga harbiy hujum qilinishi oldini olishi mumkinligini ta‘kidladi. Lekin, dedi u, Suriya prezidenti bunday qilishni istamayotir.

Dushanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Qo‘shma Shtatlarning Suriyaga harbiy hujum uyushtirishi “terrorchilikning avj olishi” va qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Lavrov bu fikrni Moskvada Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim bilan uchrashuvdan keyin bildirdi.

Al-Muallim Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qo‘llovi uchun unga prezident Bashar al-Assadning shaxsiy minnatdorchiligini ham yetkazdi.
XS
SM
MD
LG