Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:53

Futbol: Bugun O'zbekiston Irodaniyani qabul qiladi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamosi muxlislari Doha shahridagi Al-G'arafa stadionida. 12 yanvar 2011 yil.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamosi muxlislari Doha shahridagi Al-G'arafa stadionida. 12 yanvar 2011 yil.
Bugun, 10 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining pley-off bahslari javob uchrashuvi doirasida Toshkentda Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Paxtakor" stadionida o'tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi oq libosda, Iordaniya milliy terma jamoasi qizil libosda maydonga tushadi.

Uchrashuvni referi Benjamin Uilyams boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar guruhi boshqaradi.

Eslatamiz, 6 sentabr kuni Amman shahrida o'tgan pley-off dastlabki uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etilgan edi.



Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Agar Janubiy Amerika jamoasini ham mag‘lub eta olsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston va Iordaniya futbol jamoalari o‘rtasida 10 sentyabr kuni Toshkentda bo‘ladigan o‘yin uchun bir odamga to‘rttadan ortiq bilet sotilmasligini e‘lon qilgan edi.

Ushbu chora biletlar chayqovchiligining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgani aytilmoqda. Bundan avvalgi o‘yinlarda biletlarning aksari chayqovchilar tomonidan sotib olinib, futbol ishqibozlariga bir necha marotaba qimmatroq narxda sotilgani kuzatilgan.

O‘zbekiston-Iordaniya terma jamoalari o‘yini uchun biletlar 5 sentyabr kunidan boshlab, Toshkentning Paxtakor stadionida sotila boshlandi.

Hammasi bo‘lib 29 439 bilet sotuvga qo‘yilgan. Biletlar narhi 20 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha qilib belgilangan.
XS
SM
MD
LG