Линклар

logo-print
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Iordaniya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi va 2014 yili Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan ayrildi.

Jahon chempionatining saralash bellashuvlari pley-off bosqichi doirasida "Paxtakor" stadionida o‘tgan javob uchrashuvining asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi.

Gollarga O‘zbekiston terma jamoasidan Anzur Ismoilov, Iordaniya terma jamoasidan esa Said Murjonlar mualliflik qilishdi.

Qo‘shimcha taymlarda ham hisob o‘zgarmagach, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

11 metrlik zarbalar seriyasi 8:9 hisobida Irodaniya terma jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.



Eslatamiz, 6 sentyabr kuni Iordaniyada bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuv ham 1:1 hisobida yakunlangan edi.

Shunday qilib, Iordaniya terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish uchun Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.

Toshkentda o‘tgan o‘yin davomida "Paxtakor" stadioni yoritgichlarining vaqtincha o‘chishi va teleuzatushdagi uzilishlar kabi muammolar kuzatildi.
XS
SM
MD
LG