Линклар

logo-print
Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan ayrilgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov iste‘foga chiqishini bildirdi.

Murabbiy bu haqda Irodaniya terma jamoasiga qarshi 10 sentyabr kuni o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng ma‘lum qilgan.

- Yigitlarga rahmat. Ularga hech qanday e‘tirozim yo‘q, barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Jahon chempionatiga chiqishni istagan edik. Ammo, vazifa bajarilmadi. Barcha aybni o‘z bo‘ynimga olgan holda iste‘fo so‘rayman. Jamoaga yangi qon kerak, - dedi Mirjalol Qosimov mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida.

Seshanba kuni Toshkentning “Paxtakor” stadionida o‘tgan javob o‘yinida Iordaniya terma jamoasining qo‘li baland keldi.

O‘yin 1:1 hisobida yakunlanib, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2012 yilning iyunidan boshlab boshqarib kelayotgan edi.
XS
SM
MD
LG