Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:39

Bugun AQShda 9/11 fojeasi qurbonlari yodga olinadi


Bugun 2001 yil 11 sentyabr terror hujumlarining 12 yilligi munosabati bilan AQShda xotira tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Prezident Barak Obama 11 sentyabr fojeasida halok bo‘lgan qariyb 3 ming kishini yodga olish uchun Oq uy oldida o‘tadigan bir daqiqalik sukut saqlash marosimida qatnashadi.

Avvalroq prezident Obama milliy xavfsizlik xizmatlari mazkur xotira kuni munosabati bilan amalga oshirlishi mumkin bo‘lgan terror hujumlarini oldini olish bo‘yicha ish olib borayotganini bildirgan edi.

AQSh prezidenti seshanba kuni o‘z ma‘muriyati bilan xotira kuniga tayyorgarlik va xafvsizlik masalalarini muhokama qildi.

Oq uy xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilganini ochiqlamadi, biroq tayyorgarlik bir necha oy davom etganini bildirdi.

Eslatamiz, Al-Qoida guruhining terror hurujlari tahdidi bois AQSh iyul oyida Yaqin Sharq va Afrikada qator elchiliklarini vaqtincha yopgan edi.
XS
SM
MD
LG