Линклар

logo-print
Facebook ijtimoiy tarmog'ining qimmatbaho qog'ozlari narxi chorshanba kungi savdolarda rekord narxda - 45 dollardan sotildi.

Tarmoq aksiyalarining qimmatlashiga shirkatning so'nggi chorak bo'yicha e'lon qilgan moliyaviy hisobotidagi ijobiy ko'rsatkichlar hamda Facebook va unga tegishli Instagram xizmatida yangi reklama funskiyalarini kiritish rejalari sabab bo'lgani aytilmoqda.

2012 yilning may oyida 38 dollardan birja savdolariga chiqqan Facebook aksiyalari o'sha yilning sentabr oyi boshiga kelib 17,5 dollargacha tushib ketgan edi.

Ayni damda Facebook'ning kapitallashuv darajasi qariyb 110 milliard AQSh dollariga tengdir.

Facebook 2004 yili o'sha vaqtda 20 yoshga kirgan Mark Zukerberg va uning do'stlari tarafidan Garvard universiteti yotoqxonasida ishlab chiqilgan edi.

Bugungi kunda 1 milliard 150 million foydalanuvchisi bor Facebook dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.

Facebookdagi o'zbekistonliklar soni esa 240 ming kishini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG