Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:49

Twitter qimmatbago qog'ozlarini birjaga chiqarmoqchi


Twitter mikrobloglar xizmati 12 sentyabr kuni qimmatbaho qog'ozlar bozoriga o'z aksilalarini birlamchi joylashtirish (IPO) uchun kerakli hujjatlarni topshirdi.

Bu haqda mikrobloglar xizmatining rasmiy Twitter sahifasida e'lon qilindi.


Xabarda aytilishicha, Twitter shirkati rejalangan IPOga ro'yxatdan o'tish uchun talabnomani maxfiy ravishda AQShning Qimmatbaho qog'ozlar va birjalar bo'yicha komissiyasiga (US Securities and Exchange Commission) topshirgan.

Shirkat qimmatbaho qog'ozlar aynan qachon bozorga chiqishi yoki IPOning moliyaviy tafsilotlari hozircha ochiqlangani yo'q.

Kuzatuvchilar tahminlariga ko'ra, Twitter aksiyalarining birjaga chiqishi va tarqatilishi jarayoni Goldman Sachs banki tarafidan yurgiziladi.

Twitter IPOga chiqayotgan ilk ijtimoiy tamoq emas. Facebook shirkati 2012 yilning may oyida o'z aksiyalarini birjaga chiqargan edi.

Twitter mikrobloglar tarmog'i 2006 yilda ishga tushgan. Mikroblogda foydalanuvchiga 140 belgigacha bo'lgan xabarlarni chop etish, surat va videolarni joylash kabi xizmatlar ko'rsatiladi.

Ayni damda 500 million foydalanuvchisi bor ekani aytiladigan Twitter xizmati dunyodagi eng mashhur veb-saytlarning o'ntaligiga kiradi.
XS
SM
MD
LG