Линклар

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi - FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning sentabr oygi jahon reytingida O‘zbekiston o‘tgan oygiga nisbatan ikki po'gonaga yuqorilab, 57-o‘ringa ko'tarilib oldi.

Osiyo mamlakatlari reytingida ham O‘zbekiston o'z pozitsiyasini biroz yaxshiladi - beshinchi o‘rindan to'tincha o'ringa yuqoriladi.

Qit‘ada peshqadamlikni mahkam ushlab kelayotgan Yaponiya jahon reytingida besh pog'onaga quyilaganiga qaramay Osiyo reytingida birinchilikni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘rinni to'rt pog'onaga yuqorilagan E'ron egalab turibdi. Avstraliya uchinchi, Janubiy Koreya esa beshinchi o'rinni egallagan.

Ispaniya bu oyda ham FIFAning jahon reytingidagi peshqadamligini yo'qotmadi. Ikkinchi o'rinni Argentina, uchinchi o'rinni esa Germaniya egallagan.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.
XS
SM
MD
LG