Линклар

logo-print

WhatsApp Paxtakor: O‘quvchiga "paxtaga chiqmaganman" degan tilxat yozdirishyapti


Hasharchilar paxta terimiga olib ketilyapti

Hasharchilar paxta terimiga olib ketilyapti

Yana ko‘rpa-to‘shagini ko‘tarib, paxta terimiga otlanayotgan ishchi-xizmatchi-hasharchi-terimchilar Ozodlikka maktub yo‘llab, eshitgan-bilgan-ko‘rgan-kechirganlarini yozmoqdalar. Bundan buyon paxtazordan yozayotgan mushtariylar bitiklarini “WhatsApp Paxtakor” blogida o‘qib boring! WhatsApp + 420 608 549 460

Kollej o‘quvchilargi yana bir tilxat yozdirilmoqda

WhatsApp orqali Ozodlikka bog‘langan yana bir mushtariy kollejda o‘qiydigan ukasi direktor nomiga tilxat yozishga majburlangani haqida yozdi.

Ismini sir saqlashimiz sharti bilan yozgan mushtariyga ko‘ra, o‘quvchilardan "umrida paxta terimiga chiqmagani", "aka-ukasi ham chiqmagani" haqida tilxat yozib berish talab qilinmoqda.

Quyida uning maktubini o‘zgarishsiz chop etayapmiz:

"... Yana bu yil paxtaga chiqmasa kursdan qoldirilishga roziligi haqida yana bitta xat yozib berishipti Bugun kollejda o'qiydigan ukam gap topib keldi. Uni aytishicha har bir o'quvchidan umri davomida paxtaga chiqmaganligi, akalari ham paxtaga chiqmaganligi, faqat SSSR davrida o'qigan yaqinlarigina paxtaga chiqqanligi haqida xat yozdirtirib olishipti..."

Ozodlik bu mushtariydan tilxat nusxasini kutmoqda, tilxat olinishi bilan ushbu sahifada chop etiladi.

"Paxtaga chiqmasam, kursdan qoldiring"


Bunga qadar Samarqand viloyatidagi kollejlardan birida o‘quvchilardan paxtaga chiqishmasa, kursdan qoldirilishiga rozilik bitilgan tilxatga qo‘l qo‘yish talab qilanayotgani haqida maktub keldi.
Ozodlikka yetib kelgan tilxat nusxasi.

Ozodlikka yetib kelgan tilxat nusxasi.


Ozodlikning elektron pochtasiga kelgan maktubda shunday deyildi:

“Shu bugun bizning kollejda uchinchi kurslarni yig‘ib direktor majlis o‘tkazdi. Direktorning aytishicha, biz paxta terimiga tayyor bo‘lib turishimiz kerak ekan. Ko‘rpa-to‘shak, raskladushka, fartuklarni tayyorlab qo‘yishimiz kerak ekan. Hokimiyatdan “start” bo‘lishi bilan ketamiz ekan. Biz hammamiz "paxtaga boramiz"¸ deb tilxat yozib berdik”.

Bu tilxat Samarqand Ijtimoiy iqtisodiyot kollej direktori A.A.Nosirov nomiga yozilgan.

Ozodlik muxbirining aniqlashicha¸ o‘quvchilardan paxta terimiga chiqish haqida shu mazmundagi tilxat olish amaliyoti birgina Samarqand Ijtimoiy iqtisodiyot kollejida emas¸ balki viloyatdagi boshqa kollejlarda ham kuzatilmoqda.


Terimchilar xalqaro tashkilotlar so‘roviga tayyorlanmoqda

WhatsApp orqali Ozodlikka bog‘langan Shohrux paxta terimiga jo‘natilayotgan ishchilarga, mabodo chet elliklar so‘rab qolsa, terimga yurtiga "fidokorona mehnat qilish uchun" o‘z ixtiyori bilan borayotganini aytish tayinlanayotgani haqida yozdi.

O‘tgan yili Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida paxta tergan va bu yil ham shu tumanga yotoqqa hozirlanayotgan bu yigit yo‘llagan maktubni quyida o‘zgartirishsiz chop etayapmiz:

"...Salom mani ismim Shoxrux. Ozodlik maqolasida xalqaro mehnat tashkiloti o'zbekistonga kelgani va kuzatuv olib borishi haqida o'qigandim. Bizni ham ohirhi 3 yildan beri djizzaxga paxtaga olib borishmoqda. Kimlar borishi va qachon borishi ro'yhatlari tuzilgan. Xalqaro tashkilotlar so'rovnoma olib borishi haqidayam aytib o'tishdi... Hatto ularning savollariga qanday javob berishimiz haqidayam ko'rsatmalar berishdi. Yani biz paxtaga o'z hohishimiz bilan, davlatimizga yordam berish, iqtisodini ko'tarish maqsadida fidokorona hizmat qilishimiz uchun chiqqanligimizni aytishimiz lozim."

Terimchilar "hokimlarga ishonsa, kuni makaronga qoladi"


"... Sizlarning O'zbekistondagi majburiy mehnat haqidagi fikrlaringiz juda to'gri, bu borada qancha maqolalaringizni o'qigan bo'sam bularning hammasi haqiqat. Yaxshiyamki bizni ishhonamiz rahbarlari tushungan odamlar. Albatta ular yuqoridan kelgan buyruqqa qarshi chiqib bizni paxtadan olib qolisholmaydi. Lekin oziq-ovqat ta'minoti juda yaxshi, har bir paxtada bo'gan kunimiz uchun moddiy tomondan rag'batlantirishadi...

...Aslida bu ishlarni hokimliklar yoki fermer ho'jaliklari bajarishi lozim. Agar ularga ishonadigan bo'sek kunimiz faqat makaronga qogan bo'lardi. Hatto ichimlik suvi b-n ham tayinli yetkazib berisholmaydi Har bir hodim 15 kundan Djizzaxga borib keladi Galma-galdan Hozir aniq kuni ma'lummas. Manimcha keyingi haftadan chiqishadi. Dastlab 15 kunga bitta partiya ketadi, keyin 2, so'ng 3-partiya har biri 15 kundan chiqishadi, bazan 20 kungachayam cho'ziladi..."


"Ko‘pchilik paxtaga o‘z hohishi bilan chiqadi"


"... Rosti bizda ko'pchilik paxtaga o'z hohishi bilan chiqadi, shunchaki paxtaga chiqiw yoqqani uchunmas, rahbariyatni hurmat qilganidan, ularga gap tegmasligi uchun. Iwonasmi yo'qmi, bizga paxtaga chiqish talabi qoyilgani bilan rahbariyat iltimos qilib, yaxshi gap b-n ko'ndirishadi. Shaxsan man ularga bo'lgan hurmatim uchun chiqaman.
Bu yerda majburlash hokimliklarda ekanini aytmoqchiman..."


"Paxta sezonida medspravka olish qiyin"


"... Ammo paxtaga chimasligim uchun med. Spravka qisam, ruhsat berishadi Ammo paxta sezonida spravka olish ham juda qiyin Majburiy mehnat kuchli bosim asosan o'qituvchilarda, mediklarda va davlatdan nafaqa oladiganlarda Mana ularga bosim o'tkaziwmoqda. Agar bormasa pensiyasidan mahrum qilamiz dip qo'rqitishadi
Agarda o'zimizni ishhona haqida aytadigan bo'sam. Paxtaga chiqmaslik uchun spravka kere...

... Bizda salkam 400 odam ishlidi. Bir nechta bo'lim, sexlardan iborat. Bowqa bo'limlarda haqqatdan chiqmiman disa, o'rniga odam topish lozimligini aytiwmoqda
Haqqatdan ochiqdan ochiq, man pahtaga chiqmiman disa, ishdan haydalishi tayin, shunchunam texnichna hammasini hal qilishni maslahat qilishmoqda. Siz ham kuymasin, kabob ham..."


"Hokimlarga farqi, yoshmi-qari qiziqtirmaydi"


"... Shaxsan o'zimizni sexda ... ta odam ishlidi, kollektiv ahil. hatto kotta yoshli ayollar uchun ham 2martalab pahtaga chiqamiz. Hokimliklarga farqi yo'q nechta odam ishlasa demak hammasi chiqishi kere, qarimi yoshmi qiziqtirmidi. Yana bir holat. bizni tashkilot vazirlar mahkamasidan paxtaga odam chiqarish bo'yicha topshiriq ogan. Va BKMga ham bizni tashkilot shu topshiriq bo'yicha odam so'ragan. A BKM Shayhontohur tumanida joylashgani uchun, Shayhontohur tuman hokimligidanam topshiriq ogan. Vaziyat shunaqa ahmoqona...

... Bitta ishhona 2 ta tomonga paxtaga odam berishi kere. Hatto o'tgan yili Djizzax hokimligi bilan 5 yilga paxta terib berish bo'yicha shartnomayam tuzishgan Endi biz yoshmiz. Yigitlar bilan zerikmimiz. Shaxsan o'zim qishloqda tug'ilganim uchun 10 yoshimdan paxta terib o'rganib qoganman. Paxta man uchun muammomas. Lekin shaharlik ayollar juda qiynalishadi, shunda ko'maklashib turamiz. Mayli hozircha shular. Paxtaga chiqqan paytimda, aloqaga chiqarman. 1-2 haftadan keyin borsam kere....

... Faqat sizdan iltimos, mani ismimni yozsangiz ham, ishhonamiz nomini ovoza qilmang...

Shoxrux"


“WhatsApp Paxtakor” blogiga Siz ham yozing!


O‘qiganingiz, Ozodlik mushtariysi “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llagan maktub. Ushbu blogda tilga olingan ma‘lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

Ammo, bunday maktublarni chop etish va siz mushtariyni ham bunga chaqirishdan maqsad bloggerlardan kelgan ma‘lumotlarga imkon qadar aniqlik kiritib, asl vaziyatni o‘rganishdir!

Marhamat, maktub yozing, O‘zbekiston paxtazorlaridagi voqe‘likni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritishda Ozodlik bilan hamkorlik qiling!


Manzillarimiz:

WhatsApp + 420 608 549 460
E-mail: ozodlikmail@gmail.com, isakovab@rferl.org
Skype: Ozodskype, issakovab
Twitter:@BarnoAnvar
Mob: +420 602 612 713 (SMS va qo‘ng‘iroqlar)
Faks: +420 2 2112 6604
XS
SM
MD
LG