Линклар

logo-print
15 sentyabrga o‘tar kechasi Nyu Yorkdagi qariyalar uyida 112 yoshli Salustiano Sanches Balaskes vafot etdi.

2013 yil iyunida 116 yoshli yaponiyalik Jiroemon Kimura olamdan o‘tganidan so‘ng Sanches Balaskes dunyodagi eng keksa erkak sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

Salustiano Sanches Blaskes 1901 yilda Ispaniyada dunyoga kelgan.

17 yoshida u akasi va do‘stlari bilan Kubaga borib shakarqamish yetishtirish bilan shug‘ullangan. 1920 yilda Kubadan AQShga ketgan.

Sanches-Blaskes Kentukki shtatida konchi bo‘lib ishlagan. Uning ortida ikki farzand, yetti nabira, 15 nafar evara va besh nafar chevara qoldi.
XS
SM
MD
LG