Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:55

WhatsApp Paxtakor: "Tonggi 7 yarimdan daladamiz, norma 60 kilo"


17 sentyabr kuni “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llangan surat.
17 sentyabr kuni “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llangan surat.
Toshkent, Jizzax, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo viloyatlaridan Ozodlikka yozayotgan bloggerlar soni ortmoqda. Xabarlarga ko‘ra, terim ertalab soat 6-7 dan kechki soat 7 gacha davom etmoqda. Norma esa 60 dan 85 kilogrammgacha. Bundan buyon paxtazordan yozayotgan mushtariylar bitiklarini “WhatsApp Paxtakor” blogida o‘qib boring! WhatsApp + 420 608 549 460.

"Normani bajarish majburiy"


Andijon viloyatining Bo‘z tumanida paxta terayotganini yozgan mushtariy sahar soat 7 dan to kechga qadar paxtazorda ekani, kundalik normani bajarish majburiy ekani haqida yozdi.

"...Andijonni Bo'zidamiz 7 yarimda tushyapmiz 60 kg norma..." dedi Ozodlikning “WhatsApp Paxtakor” blogiga yozgan mushtariy.

Ushbu suratda 17 sentyabr kuni bir necha terimchi tushga qadar terib olgan bir necha etak paxta aks etgan.



"Samarqand kollejlari 18 sentyabrdan paxtada"


“WhatsApp Paxtakor”ga yozgan yana bir mushtariy bu viloyatdagi kollej o‘quvchilariga 18 sentyabr kuni paxtaga jo‘natilishi ma‘lum qilinganini aytdi.

"... Samarkand viloyati xukumati barcha muassasalarga 18 sentyabrdan paxta terim e‘lon kildi. Bugun 17 sentyabr barcha kollej 2-3-kurs ukuvchilariga uyiga javob berildi. Va kechga kaytib kelish sharti.Erta saxardan paxta..."


"Paxtaga bormagan kollej o‘quvchisi diplomdan ayriladi"


“WhatsApp Paxtakor” blogiga mushtariylardan kelgan maktublardan birida Toshkent viloyatidagi tumanlardan biridagi kollej o‘quvchilari paxta terimiga chiqishga majburlanayotgani aytildi.

Ikki satrda maktub yozgan mushtariy o‘zining kollej o‘quvchisi ekani va paxtaga chiqmasa, diplomi berilmasligidan ogohlantirilgani haqida yozdi.

Quyida o‘sha maktub o‘zgarishsiz keltirilmoqda:

"... man kolej okuvchisiman agar paxtaga bormasen diplomingni bermimiz kursdan kursga koldiramiz diyishvoti shunga xakligi bormi kolej mamuriyatini..."


"Maktab o‘quvchisi o‘rniga ota-onasi paxtaga chiqib bersin!"


O‘zining Samarqand viloyatidagi ekanini aytgan, ammo ismini ochiqlamasligimizni so‘ragan mushtariy maktab o‘quvchilari ham paxtaga hozirlanayotgani haqida yozdi.


Maktubda aytilishicha, viloyatdagi bir necha maktabda o‘quvchi o‘rniga ota-onasidan paxtaga chiqish so‘ralmoqda.

Quyida o‘sha maktub o‘zgarishsiz chop etilmoqda:

"... Samarqandni ... tumanida 53-55-100 maktablarda paxta boshlanmagan bulsa ham maktabda uqiydigon har bir bolani oylasidan mehnatga yaroqli otasi yoki onasi paxtaga chiqib berishi majburlanyabdi! Undan tashqari hali maktablarga paxta deb aytilmagan bulsada lekin har bir maktab uchun kunlik norma 3 tonani tashkil qiladi bu digani 1 telichka paxta!

14.09.2013.. 55-maktab 8 sinf uquvchisidan olingan malumat!"

"Kollej o‘quvchilargi yana bir tilxat yozdirilmoqda"


WhatsApp orqali Ozodlikka bog‘langan yana bir mushtariy kollejda o‘qiydigan ukasi direktor nomiga tilxat yozishga majburlangani haqida yozdi.

Ismini sir saqlashimiz sharti bilan yozgan mushtariyga ko‘ra, o‘quvchilardan "umrida paxta terimiga chiqmagani", "aka-ukasi ham chiqmagani" haqida tilxat yozib berish talab qilinmoqda.

Quyida uning maktubini o‘zgarishsiz chop etayapmiz:

"... Yana bu yil paxtaga chiqmasa kursdan qoldirilishga roziligi haqida yana bitta xat yozib berishipti Bugun kollejda o'qiydigan ukam gap topib keldi. Uni aytishicha har bir o'quvchidan umri davomida paxtaga chiqmaganligi, akalari ham paxtaga chiqmaganligi, faqat SSSR davrida o'qigan yaqinlarigina paxtaga chiqqanligi haqida xat yozdirtirib olishipti..."

Ozodlik bu mushtariydan tilxat nusxasini kutmoqda, tilxat olinishi bilan ushbu sahifada chop etiladi.

"Paxtaga chiqmasam, kursdan qoldiring"


Bunga qadar Samarqand viloyatidagi kollejlardan birida o‘quvchilardan paxtaga chiqishmasa, kursdan qoldirilishiga rozilik bitilgan tilxatga qo‘l qo‘yish talab qilanayotgani haqida maktub keldi.

Ozodlikning elektron pochtasiga kelgan maktubda shunday deyildi:

“Shu bugun bizning kollejda uchinchi kurslarni yig‘ib direktor majlis o‘tkazdi. Direktorning aytishicha, biz paxta terimiga tayyor bo‘lib turishimiz kerak ekan. Ko‘rpa-to‘shak, raskladushka, fartuklarni tayyorlab qo‘yishimiz kerak ekan. Hokimiyatdan “start” bo‘lishi bilan ketamiz ekan. Biz hammamiz "paxtaga boramiz"¸ deb tilxat yozib berdik”.

Bu tilxat Samarqand Ijtimoiy iqtisodiyot kollej direktori A.A.Nosirov nomiga yozilgan.

Ozodlik muxbirining aniqlashicha¸ o‘quvchilardan paxta terimiga chiqish haqida shu mazmundagi tilxat olish amaliëti birgina Samarqand Ijtimoiy iqtisodiyot kollejida emas¸ balki viloyatdagi boshqa kollejlarda ham kuzatilmoqda.

Terimchilar xalqaro tashkilotlar so‘roviga tayyorlanmoqda


WhatsApp orqali Ozodlikka bog‘langan Shohrux paxta terimiga jo‘natilayotgan ishchilarga, mabodo chet elliklar so‘rab qolsa, terimga yurtiga "fidokorona mehnat qilish uchun" o‘z ixtiyori bilan borayotganini aytish tayinlanayotgani haqida yozdi.

O‘tgan yili Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida paxta tergan va bu yil ham shu tumanga yotoqqa hozirlanayotgan bu yigit yo‘llagan maktubni quyida o‘zgartirishsiz chop etayapmiz:

"...Salom mani ismim Shoxrux. Ozodlik maqolasida xalqaro mehnat tashkiloti o'zbekistonga kelgani va kuzatuv olib borishi haqida o'qigandim. Bizni ham ohirhi 3 yildan beri djizzaxga paxtaga olib borishmoqda. Kimlar borishi va qachon borishi ro'yhatlari tuzilgan. Xalqaro tashkilotlar so'rovnoma olib borishi haqidayam aytib o'tishdi... Hatto ularning savollariga qanday javob berishimiz haqidayam ko'rsatmalar berishdi. Yani biz paxtaga o'z hohishimiz bilan, davlatimizga yordam berish, iqtisodini ko'tarish maqsadida fidokorona hizmat qilishimiz uchun chiqqanligimizni aytishimiz lozim.

... Faqat sizdan iltimos, mani ismimni yozsangiz ham, ishhonamiz nomini ovoza qilmang...

Shoxrux"


“WhatsApp Paxtakor” blogiga Siz ham yozing!


O‘qiganingiz, Ozodlik mushtariysi “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llagan maktub. Ushbu blogda tilga olingan ma‘lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

Ammo, bunday maktublarni chop etish va siz mushtariyni ham bunga chaqirishdan maqsad bloggerlardan kelgan ma‘lumotlarga imkon qadar aniqlik kiritib, asl vaziyatni o‘rganishdir!

Marhamat, maktub yozing, O‘zbekiston paxtazorlaridagi voqe‘likni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritishda Ozodlik bilan hamkorlik qiling!


Manzillarimiz:

WhatsApp + 420 608 549 460
E-mail: ozodlikmail@gmail.com, isakovab@rferl.org
Skype: Ozodskype, issakovab
Twitter:@BarnoAnvar
Mob: +420 602 612 713 (SMS va qo‘ng‘iroqlar)
Faks: +420 2 2112 6604
XS
SM
MD
LG