Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:03

Suriyalik isyonchilar hujum uyushtirishda iPad dan foydalanmoqda


Suriyalik isyonchilar hukumat qo‘shinlariga hujum uyushtirishda Apple iPad planshet kompyuteridan foydalanmoqda.

Reyters axborot agentligi 2013 yil 15 sentyabr kuni chop etgan fotosuratda Ozod Suriya Armiyasi bayrog‘i ostida Damashq hukumatiga qarshi kurash olib borayotgan “Asood Allah” brigadasining “Ansar Dimachk” guruhi jangchilari qo‘lbola minomyotdan nishonni o‘qqa tutishda Apple iPad dan foydalanayotgani aks etgan.

Twitter'da tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, isyonchilar qo‘lbola minomyotlardan hujum uyushtirishda nishonni to‘g‘ri olish uchun iPad kompyuteridan foydalanmoqda.

Qurol-aslaha bo'yicha britaniyalik mutahassis Eliot Higginsning The Times nashriga aytishicha, isyonchilar xaritalar bilan ishlash, qo'lbola qurollardan foydalanishda yangi texnologiyalar, jumladan, palnshet va smartfonlardagi mahsus dasturlardan foydalanishi oddiy holga aylangan.
XS
SM
MD
LG