Линклар

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov JCh-2014 saralash bosqichidagi mag'lubiyatlarga qaramay o'z lavozimida qoladi.

O'zbekiston futbol federatsiyasiga ko'ra, O'FF prezidenti Mirabror Usmonov bosh murabbiy iste'fosini qabul qilmagan.

Qosimov 10 sentabr kuni O'zbekiston terma jamoasining Toshkentda Iordaniya termasiga mag'lub bo'lganidan so'ng iste'foga chiqish istagini bildirdigan edi.

Eslatamiz, ushbu mag'lubiyat O'zbekistonning 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionatiga chiqish uchun bo'lgan so'nggi imkoniyatini yo'qqa chiqargan edi.

43 yoshli Mirjalol Qosimov O'zbekiston milliy terma jamoasini 2012 yilning iyunidan boshlab boshqarib kelmoqda.

Terma jamoaning navbatdagi uchrashuvi 15 oktabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Unda o'zbekistonlik futblchilar Vetnam terma jamoasi futbolchilari bilan kuch sinashadi. O'yin 2015 yilda o'tadigan Osiyo Kubogining saralash "E" guruhi bellashuvlari doirasida o'tadi.
XS
SM
MD
LG