Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:23

Apple oktabr oyida iPad planshetining yangi modellarini e'lon qiladi


Yaqinda iPhone 5S smartfonini e'lon qilgan Apple shirkati oktabr oyi o'rtalarida iPad planshetining yangi versiyalarini taqdim qilishi taxmin qilinmoqda.

Qator texnobloglar taxminiga ko'ra, iPad 5 va iPad mini 2 planshetlarining taqdimot marosimi 15 oktabr kuni San Fransiskoda bo'lib o'tadi.

Yangi planshetlarda kuchliroq protsessor - 64 bitli A7X chipi o'rnatilishi, kameralarning yaxshilanishi va iPhone 5S'dagi kabi barmoq izlarini "taniy oladigan" texnologiya bo'lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Internetda sizdirilgan surat va videolarga ko'ra, iPad 5 va iPad mini 2'ning tashqi ko'rinishi ham eski avlodlariga solishtirganda biroz o'zgacharoq bo'ladi.

iPad mini 2 plansheti tasvirni yuqori aniqlikda ko'rsatuvchi Retina ekraniga ega bo'lishi ham taxmin qilinmoqda.

Apple 15 oktabr kuni yangi planshetlar bilan birga iMac kompyuterining yangi modellarini taqdim qilishi ham mumkin.

iPad planshetining ilk modeli 2010 yilda Apple'ning o'sha davrdagi rahbari Stiv Jobs tarafidan taqdim etilgan edi.

Apple shirkati to'rt yilda (2010-2012) jami 100 milliondan ortiq iPad planshetini sotgan. Joriy yilning uchinchi choragida esa 15 million dona iPad sotilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG