Линклар

Alisher Uzoqov aktyorlik faoliyatini to‘xtatib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish niyati borligini aytgan.

Toshkentdagi Grand radiosi muxbiri bilan suhbatda Uzoqov buning sababini aytmagan.

- Kimdir bir umr aktyor bo‘lib qoladi, kimdir esa ikki-uch yil bu ish bilan shug‘ullanishni xohlaydi, -deb aytgan Uzoqov.

Taniqli o‘zbek xofizi Ma‘murjon Uzoqovning nevarasi bo‘lgan 26 yoshli Alisher O‘zbekistonda chiqarilgan o‘nlab filmlarda bosh rollarni ijro etgan va yulduz aktyor darajasiga yetgan.

Bundan tashqari uni o‘zi ham bir qancha filmlarni suratga olgan.
XS
SM
MD
LG