Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:48

Nijniy Novgorodda o‘zbek muhojiri politsiyachilarni pichoqladi


17 sentyabr kuni Nijniy Novgorod shahrining Gorkiy-Moskovskiy temir yo‘l vokzalida bir guruh O‘zbekiston fuqarosini hujjat tekshirish uchun to‘xtatgan ikki nafar politsiyachi pichoqlandi.

Politsiya xodimlari o‘zbekistonliklardan birining Rossiyada muhlati o‘tib ketgan vaqtinchalik yashash qaydi bilan yurganini aniqlagach, Migratsiya xodimlarini yordamga chaqirgan.

"Shundan so‘ng 31 yashar migrant yengida yashiringan cho‘ntak pichog‘ini olib uni to‘xtatgan post-patrul xizmati xodimlariga tashlangan", deydi Ozodlik muxbiriga hodisa tafsilotlarini gapirib bergan Volgabo‘yi Federal okrug bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining Transportdagi boshqarmasi rasmiy vakilasi Svetlana Yapisova:

- Ana shu O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimiga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Aniqrog‘i, politsiya xodimlaridan birining ko‘krak qafasiga, yana birining qo‘liga jarohat yetkazildi. U bilan birga turgan o‘zbekistonlik boshqa yo‘lovchilar ham ushlab qolindi, deydi Ichki ishlar podpolkovnigi Svetlana Yapisova.



Boshqarmada jabrlanganlar yaralarining og‘ir emasligini qo‘shimcha qilishdi.

Youtube portalida paydo bo‘lgan videoda qora kurtka kiygan va ko‘rinishidan osiyolik bo‘lgan yigitning o‘tib ketayotgan formadagi politsiya xodimiga to‘satdan tashlanib, bir necha bor pichoq bilan zarba bergani aks etgan.

Svetlana Yapisova jinoyatda ayblanayotgan o‘zbekistonlik muhojir politsiya bo‘limida qolayotgani va o‘z hatti-harakatlariga tushuntirish berishdan bosh tortayotganini ma‘lum qildi.



Hodisa joyida tergov-operativ guruh ish olib bormoqda.

Federal okrugning Transportdagi tergov qo‘mitasida Ozodlik muxbiriga qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 317-moddasi - “Huquq-tartibot idorasi xodimining hayotiga tajovuz qilish” asosida jinoiy ish ochilganini bildirishdi.

Qo‘yilaëtgan ayblar mahkamada tasdig‘ini topsa¸ o‘zbek muhojiri 10 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.
XS
SM
MD
LG