Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:42

Amerikaliklarning 62 foizi, yevropaliklarning 72 foizi urushga qarshi


Amerikalik va yevropaliklarning ko‘pchiligi o‘z davlatlarining Suriyaga qarshi urush ochishiga qarshi.

"Transatlantic Trends" guruhi AQSh va Yevropaning bir qancha mamlakatida so‘rov o‘tkazib, shunday xulosaga keldi.

So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 62 foizi, yevropaliklarning esa 72 foizi o‘z mamlakatlarining Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashishiga qarshi ekanliklarini bildirishgan.

So‘rov amrikaliklarning 30 foizi, yevropaliklarning esa 22 foizi o‘z xalqiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llagan Suriya rejimiga qarshi harbiy chora qo‘llash kerak, degan fikrda ekanini ko‘rsatmoqda.

"Transatlantic Trends" guruhi so‘rovni Frantsiya, Germaniya, Italiya, Xollandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Ispaniya, Shvetsiya, Britaniya, AQSh, Turkiyada shu yilning 3 iyun va 2 iyul oralig‘ida o‘tkazdi.

Unda har bir mamlakatdan 1000 odam qatnashgan.
XS
SM
MD
LG