Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:43

Toshkentdagi tadbirkorlarga paxtakor ovqati uchun o‘lpon solinmoqda


Tadbirkorlardan pul undiraëtgan shirkat mana shu bino yerto‘lasida.
Tadbirkorlardan pul undiraëtgan shirkat mana shu bino yerto‘lasida.
Toshkent tadbirkorlariga “oq oltin” xirmoniga hissa qo‘shishning muqobil varianti taklif qilindi. Paxta terimiga odam yubormagan shirkat buning o‘rniga paxtakorlarni oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun hozircha kimga qarashli ekani sir qolayotgan Mega Super Food deb nomlangan guruh hisobiga 3 million so‘m o‘tkazib berishga majburlanmoqda.

Toshkent tadbirkorlariga “oq oltin” xirmoniga hissa qo‘shishning muqobil varianti taklif qilindi.

Agar Toshkentdagi biror bir shirkat paxta terimiga odam yubormasa¸buning o‘rniga paxtakorlarni oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun pul ajratib berishi kerak.

Ozodlikka o‘z manbalarining ma‘lum qilishicha¸ paxta majburiyati yuklangan tadbirkorlar Toshkentdagi Mega Super Food shirkatiga pul o‘tkazib berishi lozim.

Ozodlik bilan suhbatda Mega Super Food shirkatining o‘zini tanishtirmagan xodimi tadbirkorlardan olingan pul evaziga paxtakorlarni oziq-ovqat bilan ta‘minlayotganini tasdiqladi.

Toshkentlik 35 yashar Sardorning Ozodlikka aytishicha¸ paxtadan ozod bo‘lish uchun tadbirkorlardan o‘lpon olayotgan shirkat poytaxtdagi Rossiya mehmonxonasiga yaqin joydagi bir yerto‘lada joylashgan.

-Men borsam bittasi meni boshlab yeto‘laga tushirdi. Qo‘limga 3 million so‘m to‘lashim kerak bo‘lgan shartnomani tutqazdi. Pul o‘tgandan keyin uch tomonlama hisob-kitob qilob beramiz. Hokimiyat ham qo‘l qo‘yadi¸ dedi. Pulingizdan havotir olmang bu shirkat kattalarga tegishli deb barmog‘ini osmonga qaratdi¸lekin kattalarning kimligini aytmadi¸deydi Sardorbek ismli tadbirkor.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu tadbirkorlardan pul undirishning jo‘n sxemasidir:

- Shirkatdagilar menga qarab qurug‘ini hokimiyadagilarga uzatsangiz ham bo‘laveradi¸bizni ovora qilmasdan degan gap qildi. Paxta bahona mulozimlar pul ishlab qolmoqchi¸ deydi suhbatdosh

O‘zbekistondagi Uzmetronom nashri Mega Super Food shirkatining paxtaga bormagan tadbirkorlar uchun tuzilgan shartnoma fotonusxasini e‘lon qildi.

Uzmetronom nashri e‘lon qilgan shartnoma nusxasi.
Uzmetronom nashri e‘lon qilgan shartnoma nusxasi.
​Bu nashrga ko‘ra¸ shartnoma Toshkent tuman hokimligi mulozimi tomonidan prokuratura xodimi hamrohligida tadbirkorlar qo‘liga topshirilmoqda.

"Tadbirkor" degan grafasi bo‘sh qoldirilgan bu shartnoma paxtakorlar oziq-ovqati uchun 3 million so‘m to‘lanishini taqozo qiladi.

Bu shartnomani olgan tadbirkor bo‘sh grafani to‘ldirib besh kun ichida 3 million so‘m pulni Mega Super Food hisobiga o‘tkazib berishi kerak.

Paxtakorlar yesin deya “sotib olingan” bu oziq-ovqatni paxtaga bormagan tadbirkorning o‘zi paxtadagilarga yetkazib berishi lozimligi ham shartnomada alohida ko‘rsatilgan.

Uzmetronom nashrining yozishicha¸ aslida tadbirkor o‘tkazib bergan bu pulga hech qanday oziq-ovqat sotib olinmaydi. Bu tadbirkorlardan pul yulishning mavsumiy ko‘rinishi sifatida talqin qilinmoqda.

Toshkentdagi har bir tadbirkorni o‘z hisobiga yo‘q oziq-ovqat uchun millionlab o‘lpon to‘lashga majburlayotgan bu shirkatning kimga qarashli ekani hozircha sirligicha qolmoqda. Ozodlik bilan suhbatda shirkat vakili¸ uning "kattakonlardan biri"ga qarashli ekanini aytish bilan cheklandi.

Toshkent shahar Chilonzor tuman hokimiyatiga yaqin Ozodlik manbasining aytishicha¸ “oziq-ovqat sotib olish” uchun undirilgan pul tuman hokimiyati nomidan paxta terdigan mardikorlarni yollashga sarf qilinadi.

Ozodlik manbasi pul o‘tkaziladigan aniq bir shirkat nomini keltirmadi. Suhbatdosh taxminiga ko‘ra¸ bunday shirkatlar bir nechta bo‘lishi mumkin.

Ozodlik manbasi hokimiyat mulozimlarining qarindoshlari nomiga rasmiylashtirilgan shirkatlar mardikor yollash uchun pul yig‘iladigan “kissa” vazifasini o‘tamoqda¸ degan taxminni bildirdi.

O‘zbekistondagi Uzmetronom nashri esa bu holatni qishloq ho‘jaligi ishlaridan qutultirish uchun mahalliy hukumat o‘ylab topgan yangi o‘lpon deb hisoblaydi va bu o‘lponning mulozimlar cho‘ntagiga qo‘shimcha daromad sifatida tushishini taxmin qiladi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning turli tadbirlar va jamg‘armalar uchun homiylikka majburlanishi oddiy holga aylangani kuzatiladi.
XS
SM
MD
LG