Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:40

WhatsApp Paxtakor: "Bitta mashina 100 terimchi o‘rnini bosadi"


Комбайн
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:06 0:00

19 sentyabr kuni Ozodlikka terimchi-mushtariy yo‘llagan video.

Ozodlikka ko‘rgan-kechirganlarini yozayotgan mushtariylardan video va fotobloglar ham kela boshladi. Ulardan birida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta terim mashinalari aks etgan. Shu bois, Ozodlik O‘zbekistonda yig‘ilayotgan yangi mashinalar haqida ma‘lumot yig‘ishga urindi. Yangiliklarni “WhatsApp Paxtakor” blogida o‘qib boring! WhatsApp + 420 608 549 460

Ozodlikka O‘zbekistonda shitob bilan borayotgan paxta yig‘im-terimi haqida kuzatuvlari, guvohi bo‘lgan voqea-hodisalar haqida yozayotgan mushtariylardan kelgan qisqagina videoda Toshkent traktor zavodida terilayotgan yangi MX-1,8 rusumidagi terim mashinalari aks etgan.

​ ​O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘z vaqtida mamlakatda "qo‘l mehnatiga barham beruvchi vosita" sifatida baholagan terim mashinalari bu yilgi yig‘im-terim mavsumida paxta dalalariga solindi.

Turli viloyatlarda bu traktorlarni ko‘rayotgan ishchi-talaba-terimchilar Ozodlikka yo‘llagan bloglarida O‘zbekiston prezidentining sevimli iborasini qo‘llagan holda: "Paxta teradigan kombaynni ko‘paytiringlar, baraka topkurlar!" deb yozmoqdalar.

Paxta terimi avjiga chiqayotgan kunlarda shahardagi issiq yotog‘idan baraklardagi chang bosgan o‘rinlarga tushib qolayotgan majburiy-ixtiyoriy hasharchilarni o‘ylantirgan bu savollarga Ozodlik topgan javobni havola qilmoqchimiz.

Demak, Toshkent traktor zavodida 2013 yil ichida bunday kombaynlardan 220 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bu haqda Toshkent traktor zavodining konstruktorlik byurosi rahbari Isroil Usmonov Ozodlikka bergan intervьyusida aytgan edi.

Isroil Usmonovga ko‘ra, bu terim mashinasining bunkeri oldingilari bilan bir xil, ya‘ni 800 kilogramm paxta sig‘adi. Bu traktor Toshkentning Chinoz, Sirdaryoning Sayxunobod tumanlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan.

Traktor modeli ustida ishlagan konstruktor Isroil Usmonov fikricha, agar ishlab chiqarilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilsa, aynan shu kombaynlar har yili kuzda paxta paykallarida azob tortadigan o‘zbekistonliklarning majburiy mehnatiga chek qo‘yishi mumkin.

- Men o‘zim Chinozda kuzatdim. Yarim kun davomida terimchilar ikki pritsepni to‘ldirishdi, endi u ikki tonnadan 4 tonna bo‘lishi mumkin. Terimchilar 50-80 ta bor edi, shekilli. Lekin ikkita terim mashinasi bir yarim soat ichida xuddi shunday 2 ta pritsepni to‘ldirib tashladi. Bunda ikki odam ishladi, vaqt kam ketdi va o‘shancha odamni ishini qildi. Bu fermerga har tomondan qulay bo‘ladi, - degan edi Toshkent traktor zavodining konstruktorlik byurosi rahbari Isroil Usmonov.

Konstruktorlarning aytishicha, bu mashinaning bittasi 100 terimchi tergan paxtani teradi. Bir soat to‘xtamay ishlaganda, yarim gektar maydondagi paxtani terib oladi.

Toshkent traktor zavodi hozir bir yilda bunday mashinalardan bir necha yuzini ishlab chiqarmoqda.

Ammo, yetarli mablag‘ ajratilsa, hozirgi hududiy imkoniyatlari bilan bu zavod yiliga bir necha ming dona mashina chiqarishi mumkin.

Bu traktorning eng muhim jihati shundaki, u ikki qismdan iborat. Ya‘ni, paxta bunkeri alohida, traktorning o‘zi alohida. Fermer yil davmida traktorni ishlatadi, kuz kelganda bunkerni olib oladi, tamom.

Va nihoat, narxi. Toshkent traktor zavodi ekspeditorlaridan birining Ozodlikka aytishicha, terim agregatining narxi 62 million 100 ming so‘m, traktori bilan esa 110 million so‘m.


Paxtani qo‘l bilan terish qachon tugaydi?


Bu shu kunda hammaning yuragini siqib turgan savol.

Hamma tomonidan yelvizak urib, tunu-kun zaxda yashayotgan, bu ham yetmaganday makaronu karam sho‘rva ichib ichi ham, tashi ham g‘uldirab yurgan hasharchi terimchilarning dardi dunyosi aks etgan bu savolning javobi qayerlardadir bor, tabiiy.

Qayerlardadir, deganimiz sababi bu savol javobiga mas‘ul O‘zbekiston hukumati bu borada lom-mim deyotgani yo‘q.

Ommaga berilayotgan rasmiy hisobotlarda O‘zbekistondagi bugungi paxta maydonining aniq hajmi ham aks etmagan.

Lekin, u yer-bu yerdan kovlashtirib topganimiz rasmiy hisobotlardagi raqamlardan taximinan 1 million gektardan ortiq maydonga paxta ekilayotgandiiir, degan xulosaga keldik.

Xullas, bugun tilga olganimiz va imkonimiz qadar o‘rganganimiz MX-1,8 rusumidagi terim mashinasining bir donasi 2 soatda 1 gektar maydondagi paxtani terib olishi mumkin ekan.

2 soatda 1 gektar maydondagi paxtani qo‘lda terish uchun kamida 80 mohir terimchi, 100 vijdonli terimchi kerak.

Agar bu terimchilar maktab o‘quvchilari bo‘lsa, tepasida o‘qituvchisi do‘qlab turgan 300 nafarcha o‘quvchi kerakdir-ov?!

Xullas, bu hali ancha xom bo‘lgan xomchyot va uni aniqlashtirish sizning ixtiyoringizda...


“WhatsApp Paxtakor” blogiga Siz ham yozing!

O‘qiganingiz, Ozodlik muxbirining “WhatsApp Paxtakor”ga yozgan blogi va bu blogda tilga olingan ma‘lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

Marhamat, siz ham blog yozing, O‘zbekiston paxtazorlaridagi voqe‘likni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritishda Ozodlik bilan hamkorlik qiling!


Manzillarimiz:

WhatsApp + 420 608 549 460
E-mail: ozodlikmail@gmail.com, isakovab@rferl.org
Skype: Ozodskype, issakovab
Twitter:@BarnoAnvar
Mob: +420 602 612 713 (SMS va qo‘ng‘iroqlar)
Faks: +420 2 2112 6604
XS
SM
MD
LG