Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:54

Odil Ahmedov "Zenit"ga o'tishi mumkin


Odil Ahmedov
Odil Ahmedov
O'zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov qishki transfer oynasida Sankt-Peterburgning "Zenit" futbol klubiga o'tishi mumkin.

Ayni damda Maxachqal'aning "Anji" klubida faoliyat yuritayotgan futbolchining piterliklar safiga qo'shilishi haqida "Izvestiya" nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, "Zenit" bosh murabbiyi Luchano Spaletti Odil Ahmedovga klubning 35 yoshli faxriysi Konstantin Ziryanov o'rnini topshirmoqchi.

"Izvestiya" taxminiga ko'ra, Odil Ahmedov transferi "Zenit"ga 10 million yervroga tushadi. Tomonlar dastlabki muzokaralarni o'tkazgani aytilmoqda.

Odil Ahmedov "Anji" safiga 2011 yili "Paxtakor"dan ijara asosida kelib qo'shilgan edi. Ijara muddati yakunlanganidan so'ng dog'istonlik jamoa Ahmedovni to'liq sotib olishga qaror qilgan.

2011 yil natijalariga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi "Anji"ning eng yaxshi o'yinchisi, deb e'lon qilgan edi.

25 yoshli Odil Ahmedovning Dog'iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozigachga mo'ljallangan.

Professional keryerasini 2006 yili Toshkentining "Paxtakor" futbol klubida boshlagan Ahmedov 2007 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi sha'nini himoya qilib keladi.

Futbolchi milliy terma jamoa safida 52 ta o'yin o'tkazib, ularda 8ta gol urgan.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo'yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko'ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.
XS
SM
MD
LG