Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:10

Denis Istomin St. Petersburg Open finalida mag‘lub bo‘ldi


Denis Istomin
Denis Istomin
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Rossiyada o‘tayotgan St. Petersburg Open xalqaro turnirining juftlik baxslari final bosqichida mag‘lub bo‘ldi.

Yakshanba kuni o‘tgan final uchrashuvida Istomin va uning juftlikdagi sherigi britaniyalik Dominik Inglot ispaniyalik juftlik – David Marrero va Fernando Verdaskoga ikki setda – 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Yakkalik bahslarida esa o‘zbekistonlik tennischi chorak final bosqichida ispaniyalik Garsiya-Lopes Gilermoga 6:2, 6:4 hisobida yengilgan edi.

Sentyabr oyi boshida US Open turnirining to‘rtinchi bosqichigacha yetib borgan Denis Istomin ATP reytingida 85-pog‘onadan 47-pog‘onaga ko‘tarilib olgan edi.

27 yoshli o‘zbekistonlik tennischiga uning onasi Klaudiya Istomina murabbiylik qiladi.
XS
SM
MD
LG