Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:25

Blackberry xodimlari sonini 40 foizga qisqartirmoqda


Smartfonlar ishlab chiqaruvchi Kanadaning Blackberry shirkati ishchi-xodimlari sonini 40 foizga qisqartirmoqda.

Shirkat so‘nggi yillarda ko‘rgan zarari tufayli 4 yarim ming ishchisini bo‘shatish haqida qaror oldi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Blackberry ko‘rgan zarar miqdori 2013 yilning ikkinchi choragida qariyb 1 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Blackberry xodimlari qisqarishi ortidan shirkat aktsiyalari 20 foizga arzonladi.

10 yil avval, asosan tadbirkorlar orasida ommalashgan Blackberry smartfonlari so‘nggi yillarda iPhone va Samsung telefonlari bilan raqobatlasha olmadi.

O‘tgan yili shirkat Z30 smartfonlarini sotuvga chiqargan edi, lekin bu apparat ham haridorlar qiziqishini qozonmadi.
XS
SM
MD
LG