Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:32

Ruslan Chagayev WBA Continental kamari uchun jang qiladi


Ruslan Chagayev rossiyalik bokschi Aleksandr Poverkinga qarshi, 2011 yil 29 avgust.
Ruslan Chagayev rossiyalik bokschi Aleksandr Poverkinga qarshi, 2011 yil 29 avgust.
Professional boksning WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev 5 oktyabr kuni Moskvada serbiyalik Yovo Pudarga qarshi ringga tushadi.

“Olimpiyskiy” sport majmuasida o‘tkaziladigan mazkur jang g‘olibi WBA Continental kamarini qo‘lga kiritadi.

34 yashar Chagayev hozirgacha 34ta jangdan 31tasida g‘olib bo‘lgan (20ta nokaut), ikki jangda boy bergan va bitta jangni durang bilan yakunlagan.

42 yoshli Pudar esa 33 ta jangdan 30 tasida yutgan (17ta nokaut) 3ta jangda yutqazgan.

5 oktyabr kungi boks kechasining asosiy jangi WBA tasnifida og‘ir vazn toifasida jahon chempioni rossiyalik Aleksandr Povetkin va WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG