Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:10

WhatsApp Paxtakor: "Paxtani deb operatsiyani ham qoldirishdi"


WhatsApp Paxtakor blogiga 20 sentyabr kuni yo‘llangan surat.
WhatsApp Paxtakor blogiga 20 sentyabr kuni yo‘llangan surat.
Ozodlikning paxtakor bloggerlari safiga qo‘shilgan ilmiy xodim paxta bois uning uchun belgilangan jarrohlik amaliyoti kechiktirilganini yozdi. U shikast yegan oyog‘i bilan avval paxtaga borgan, o‘rniga mardikor yollagan va qaytgach, amaliyot o‘tkazilgan. Paxta mavsumida ko‘rgan-kechirganlari bilan o‘rtoqlashayotgan mushtariylar bitiklarini “WhatsApp Paxtakor” blogida o‘qib boring! WhatsApp + 420 608 549 460

"Amaliyot uchun 650 ming so‘mlik cho‘tal"


“WhatsApp Paxtakor” blogiga yozgan ilmiy xodimlardan biri oyog‘iga belgilangan jarrohlik amaliyoti aynan paxta terimi bois qoldirilgani haqida yozdi.

Uning maktubda aytishicha, u ishlagan institutdan shifoxonaga bog‘lanishib, oyog‘i operatsiya qilinishi lozim bo‘lgan bemorning paxta terimiga borishi shart ekanini aytishgach, amaliyot ham qoldirilgan.

Quyida o‘sha maktub o‘zgarishsiz keltirilmoqda:

"... futbol musobakasida meni shikast oldim. Operatsiyaga ...ga ... sentyabr kuniga yozildim, birok paxta terimi sababli ishxonamdagi xamkasbim shifoxona direktoriga Mening institutim rektori nomidan tel kilib men paxtaga borishim kk dedi va direktor operatsiyani otmen kildi. Men majbur bb 17.09 paxtaga ketdim. U yerda terimchi topib, 1 oyga 650000 berib shu kuni kaytdim va direktor ruxsati bn yotdim va xozir operatsiyadan chikdim..."


"Kasallar ham paxtaga!"


Tibbiy ma‘lumotnoma olish uchun navbat.
Tibbiy ma‘lumotnoma olish uchun navbat.
Ozodlikning “WhatsApp Paxtakor” blogiga yozgan terimchi bloggerlardan biri paxta terishni sog‘ligi ko‘tarmaydigan xasta talabalar ham terimga majburlanayotgani haqida yozdi.

U blogiga suratni ham ilova qildi.

Quyida bu bitik o‘zgarishsiz keltirilmoqda:

"... Sprafkaga ochertta turiwpti VKK si un bitta pechatga. ... inst. Xozir instka borudm VVK siga pechat urilgan ozod qlinganlaniyam ertadan paxtaga opketvotkanakan xich bomaganda 3kilodan bosayam terasalla dvotkanmuw Maniyam sprafkami qabul qliwmadi ertaga ertalap 8da severniy vakzaldan opketiwarmuw.

Babr qabul qliwmadi. Zamglavrach borp uwatta bogilp kegin keyn ozod bolasan didi Wunaqa bosa keyn ozod qliwarmuw paxtadan.

agar alergiya kuchayp ketsa ast boladiyu dsala onam bza bilmimza ketadi bu qz dp qabul qmadi bugun Astma dmoxchidm..."



"Bir martalik dush qabul qilish 3 ming so‘m"

Paxta terimiga borgan terimchilarga kechki ovqat tarqatilmoqda.
Paxta terimiga borgan terimchilarga kechki ovqat tarqatilmoqda.
Samarqand viloyatidan yozgan terimchi mushtariy hasharchilar uchun hozirlangan sharoitdan norozi bo‘ldi.

Uning yozishicha, svet va gaz yo‘q, yuvinib-taranish uchun sharoit esa mutlaqo ayanchli ahvolda.

Uning o‘zgarishsiz keltirilgan bitiklarini o‘qing:

"... Samarkandda mana paxta terimi uchun institut bollari kelib joylashishdi. Lekin gaz, svet yok Shtab sharoiti kupchilikni koniktirmayapti

Shu sabab talabalar pul tulab ijarada turishmokda. Ijara xakki 35 ming, xar safar dush kabul kilsh esa 3 ming. Axir uziz uylang terim uchun berilayetgan pul juda kam belgilangan.

Dalalardagi paxta axvoli esa terimni kiyinlashtiradi. Talaba xar kun chang daladan kelib dush kabul kilsa, ularning bergan puli 1 oylik dush puliga xam yetmaydi..."


"MARDIKOR - 2013" tanlovi


Mushtariylar o‘zaro hazillashishmoqda:

"...Xa yana bir xabar respublika buyicha "MARDIKOR 2013" tanlovi boshlandi. Kim kup paxta terarkan..."


"Paxtada berilgan ovqatni yemadik"


Paxta terimiga borgan shaharlik bir guruh terimchi shtabda berilgan karam sho‘rvani ichmasdan, paxta terayotgan tuman markazidagi yemakxonaga borganini yozdi.

"... Paxtani ovqatini yemi ...ga kafega keldik. Kafe molhonadan badtar Ovqatiga chidasa boladi lekin gigiena 0..."


“WhatsApp Paxtakor” blogiga Siz ham yozing!

O‘qiganingiz, Ozodlik mushtariysi “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llagan maktub. Ushbu blogda tilga olingan ma‘lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

Ammo, bunday maktublarni chop etish va siz mushtariyni ham bunga chaqirishdan maqsad bloggerlardan kelgan ma‘lumotlarga imkon qadar aniqlik kiritib, asl vaziyatni o‘rganishdir!

Marhamat, maktub yozing, O‘zbekiston paxtazorlaridagi voqe‘likni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritishda Ozodlik bilan hamkorlik qiling!


Manzillarimiz:

WhatsApp + 420 608 549 460
E-mail: ozodlikmail@gmail.com, isakovab@rferl.org
Skype: Ozodskype, issakovab
Twitter:@BarnoAnvar
Mob: +420 602 612 713 (SMS va qo‘ng‘iroqlar)
Faks: +420 2 2112 6604
XS
SM
MD
LG