Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:09

Air France yo‘lovchi samolyoti bortida 1 tonnadan ortiq kokain topildi


Venesuela huquq-tartibot idoralari yo‘lovchi samolyot bortiga ortilgan va Frantsiyaga yo‘llangan katta miqdordagi kokainni aniqladi.

Samolyot havoga ko‘tarilishi bilan mamlakat milliy armiyasida xizmat qiladigan uch askar qo‘lga olindi.

Ayblovga ko‘ra, bular Karakasdan Parijga uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi samolyot bortiga 1 tonnayu 300 kilogramm toza kokainni yuklagan.

Samolyot Parijga qo‘nganidan so‘ng esa frantsuz politsiyasi kokainga aloqador ko‘rilgan yana 6 kishini hibsga oldi. Bularning uch nafari Italiya, yana 3 nafari esa Buyuk Britaniya fuqarolaridir.

Venesuela rasmiylaridan iqtibos keltirayotgan mamlakat nashrlari narxi qariyb 200 million yevro bo‘lgan kokain samolyotda bo‘lmagan yo‘lovchilar nomiga qayd etilgan yuk sumkalarda bortga ortilganini yozmoqda.

Frantsiya Ichki ishlar vaziri Manuel Vals noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishi to‘xtatib qolingan kokain miqdorini mamlakat adliyasi tarixida qayd etilgan eng yirik miqdor, deb baholadi.
XS
SM
MD
LG